O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Bugungi kunda boshqaruvda strategiyaning quyidagi turlari mavjud



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə43/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Bugungi kunda boshqaruvda strategiyaning quyidagi turlari mavjud:
 maxsus;
 funksional;
 mujassamlashtirilgan;
 diversifikatsiyalashgan strategiyalar.
Maxsus strategiyalar juda e‘tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab chiqiladi. Masalan, ta‘lim muassasasining muammolar girdobiga qarab borayotganligi payqab qolinsa, uning oldini olish bo’yicha uzoq muddatga tuzilgan strategiyalar shular jumlasidandir.
Funksional strategiyalar ta‘lim muassasasining ayrim yo’nalishlari va bo’limlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Ya‘ni funksional strategiyalar ta‘lim muassasasining moliya, marketing, ishlab chiqarish, inson resurslarini boshqarish, ilmiy tadqiqot ishlari kabi funksional doiralarda faoliyatlar yo’nalishini rivojlantirishni belgilaydi. Masalan, sifatli kadrlar tayyorlash, ta‘lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha tuzilgan strategiyalardir.
Mujassamlashtirilgan strategiyalar bu ta‘lim muassasasining yaxlit faoliyatini o’zida jamlagan mo’ljaldir. Mujassamlashtirilgan strategiyaning ikkita bir-biri bilan uzviy bog’langan qismlari mavjud bo’lib, ular muvaffaqiyat strategiyasi va rivojlanish strategiyasi deb yuritiladi. Har ikkala strategiya ham ta‘lim muassasasini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Diversifikatsiyalashgan strategiya ta‘lim muassasasining faoliyat sohalari va yo’nalishlarini kengaytirish oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Masalan, yangi yo’nalishlar ochish, budjetdan tashqari mablag’ topish, ta‘lim xizmatlari ko’rsatishni kengaytirish va ijtimoiy hamkorlarni jalb qilish bo’yicha tuzilgan strategiyalar.
3. Ta‘limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati

Biz bir yilga rejalashtirganimizda don sochamiz, o’n yilga rejalashtirganimizda daraxt ekamiz. Agar butun umrga rejalashtirsak, kishilarni o’qitamiz va tarbiyalaymiz.




Xitoy xalq maqoli
Strategik menejmentning mohiyati atrof-muhitning kutilayotgan xattiharakatlariga asoslanib, kelajakda kerakli natijalarga erishish uchun muassasa hozirgi paytda nima qilishi kerakligini aniqlashdir. Shu bilan birga, muassasaning hozirgi (yaqin) vaqtdagi harakatlari aniqlanadi va amalga oshiriladi, bu unga aniq kelajakni ta‘minlaydi. Uzoq muddatli va strategik rejalashtirish o’rtasidagi asosiy farq kelajakni talqin qilishdir. Uzoq muddatli rejalashtirish tizimi kelajakni tarixiy rivojlanish tendensiyalarini ekstrapolyatsiya qilish orqali bashorat qilish mumkinligini taxmin qiladi. Uzoq muddatli rejalashtirish tizimida maqsadlar muassasaning har bir asosiy bo’linmasi uchun ishlab chiqilgan dasturlar, budjetlar va foyda rejalarigan o’zgartiriladi. Strategik rejalashtirish tizimida kelajak o’tmishdagidan yaxshiroq bo’lishi kerak degan taxmin mavjud emas va kelajakni ekstrapolyatsiya yo’li bilan o’rganish mumkin deb ishonilmaydi. Shuning uchun, birinchi navbatda, muassasaning istiqbollari tahlili o’tkaziladi, uning vazifasi tendensiyalarni, xavflarni, shuningdek ushbu tendensiyalarni o’zgartirishi mumkin bo’lgan alohida favqulodda vaziyatlarni aniqlashdir.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin