O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Hususiy shaxslarga ovqat mahsulotlarini sotish qat’iyan man etiladi!



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə41/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Hususiy shaxslarga ovqat mahsulotlarini sotish qat’iyan man etiladi!


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
7-MAVZU: Ta'lim muassasasi faoliyatini strategik rejalashtirish. strategik menedjment. (SMART)
Darsning maqsadi
Ta’lim va uni boshqarish ahamiyatini ochib berish orqali tinglovchilarning ta’lim sifatini boshqarishda rejalashtirishni amalga oshirishdagi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Kutiladigan natija
Ta’lim muassasasini boshqarishda strategik va taktik rejalashtirish usullari va uslublari va metodlaridan faol foydalanadi


Reja:

  1. Strategiya tushunchasi va turlari


  2. Ta‘limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati


  3. Strategik rejalashtirishning bosqichlari.


  4. Ta‘lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o’rrni.


  5. Ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish


  6. Samarali maqsad qo’yish. SMART texnologiyasi.




Kirish
Mamlakatimizning bugungi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida murakkab tarixan zarur bo’lgan islohotlarni amalga oshirish bilan bir qatorda muammolar ham yuzaga keladi. Muassasalar va ularning rahbarlari sodir bo’layotgan o’zgarishlarga shunchaki javob berish bilan cheklanib qolmasligi kerak, ularni oldindan ko’rish, tartibga solish va muassasa maqsadlariga, tashqi sharoitlarga moslashish uchun ongli ravishda boshqarish zaruriyati mavjud. Tashqi muhit va tobora o’sib borayotgan noaniqliklar sharoitida muassasa rivojlanishini boshqarish menejment asoslarini o’zlashtirishni talab etadi. Har bir muassasa uchun raqobatning kuchayishi sharoitida o’zlarining raqobatbardoshligini saqlab qolish va takomillashtirish vazifasi oldinga chiqadi. Rivojlanayotgan raqobatdoshlik strategiyasini amalga oshirish uchun doimiyravishda olib borilayotgan harakatlar natijasida muassasalar soni tobora ko’payib borishi tabiiy holdir. Bugungi kunda har bir rahbar o’zini ta‘lim islohotlari ummonida kemani mohirona boshqarayotgan kapitandek his etishni, ta‘lim sifati tomon yo’naltirilgan kema rulini qat‘iy tutgan holda, o’quvchi va pedagoglarning shaxsiy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishni orzu qiladi. Shu bilan birga, uning oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, bir qator savollarga javob izlaydi:
- bugungi kunda ta‘lim muassasalarining rivojlanishiga nimalar ta‘sir etmoqda?
- qanday qilib innovatsion texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga kompetentlilik asosida tatbiq etish mumkin?
- qanday qilib ta‘lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligiga erishish mumkin? Yuqoridagi savollarning hammasiga hech bir kitobdan birdaniga javob olib bo’lmaydi. Lekin, ta‘lim muassasasi faoliyatini strategik rivojlantirish bo’yicha yuzaga keladigan ayrim savollarga mazkur ma‘ruza yordamida javob topish mumkin. Ya‘ni, - Bizning maktabimiz (yoki ta‘lim muassasamiz) boshqa ta‘lim muassasalaridan nimasi bilan ajralib turadi? Uning asosiy xususiyati nima bilan belgilanadi (missiya, qadriyatlar, tashkiliy madaniyat)?
- Bu yo’lda qanday to’siqlarga, muammolarga duch kelamiz (ichki va tashqi muhit tahlili)?
- Qaysi maqsadlarga intilishimiz kerak va bunga qaysi resurslarimiz orqali erishamiz (strategik maqsad, istiqbol reja)?
- Strategik maqsadlarga qanday erishish mumkin (samarali maqsad, taktik reja)?
- Bunga pedagogik jamoani qanday jalb etish mumkin (samarali boshqaruv komandasi)?
- Rahbar sifatida buni qanday samarali tashkil etish mumkin (rahbar kompetensiyasi)?
Mazkur materiallar umumiy o’rta ta‘lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internat, ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktablari direktorlari va rahbar kadrlar zaxiralari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida ta‘lim muasasasining rivojlanish strategiyasini belgilash va istiqbol rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam beradi.
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Rejalashtirish ta’lim muassasasini ishini aniq tashkil etish, uning ijtimoiy va ma’muriy faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, faoliyat mazmunining shakl va metodlarini belgilashning zarur sharti bo‘lib hisoblanadi. Muassasa faoliyati rejalashtirilganda ilmiylik, tahliliy, maqsadga qaratilganlik, istiqbollik, uzluksizlik, rejalashtirilgan vazifalarni aniq taqsimlash, jamoatchilik, kompleks-tizimli yondashish, vorislik, betaraflik, har bir maktabning im­ko­niyatlari va chinakam kuchini hisobga olish tamoyillaridan kelib chiqib, ta’lim-tar­biya maskani-muassasaning zimmasiga yuklangan vazifa­larga mos bo‘lishi lozim. Reja pedagogik jihatdan asoslangan, shaklan oddiy, foydalanishga qulay, tadbirlar o‘quv yili uchun teng taqsimlangan, jamoatchilik-ota-onalar-pedagogik jamoa ishlari muvofiqlash­tirilgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va ta’lim tizimidagi islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan yangiliklarga maktab faoliyatini muvofiqlashtirib borishda ta’lim muassasasi rahbarlari joriy rejalar bilan cheklanib qolmay, o‘z muassasaslari kelajagi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda yillik va undan ko‘proq muddatlarga mo‘ljallangan istiqbol rejalarni tuzishi hamda ular asosida faoliyat olib borishi zarur. Ta’lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish boshqarishning samarali uslubining ajralmas qismidir. To‘g‘ri tuzilgan ish rejasi xatoga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud kamchiliklarni tuzatishni ta’min­laydi. Ta’lim muasssasasi ishini rejalashtirishda hozirda turli kamchiliklar uchraydi. Rejalashtirishga tizimli yondashuv yo‘qligi, ya’ni muassasaning turli rahbarlik darajalaridagi va turli tarkibiy bo‘linmalarining rejalari ko‘zda tutilayotgan maqsadlardan kelib chiqadigan yaxlit tizimni hosil qilishiga erishilmayotganligi; tahliliy asoslashning zaifligi, ya’ni tahlil o‘rniga umumiy tadbirlar ro‘yxati, statistik ma’lumotlar bilan cheklanish; o‘quv-tarbiya faoliyati ahvoli va natijalari tahlili bilan rejada belgilangan vazifalar orasida bog‘liqlik yo‘qligi; vazifalar bilan o‘quv yiliga belgilangan tadbirlar orasida bog‘liqlik yo‘qligi; tadbirlarning mas’ul ijrochisi ko‘rsatilmagani va noaniqligi, masalan, bajarish uchun mas’ul – pedagoglar jamoasi, muddati – muntazam, doimiy, o‘quv yili, yil davomida deb ko‘rsatish va shu kabilar; tadbirlarning bajaruvchilar orasida va muddatlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi; rejalarning ortiq darajada zichligi, noreal ishlarni rejalashtirish; boshqariladigan va boshqaradigan quyi tizimlardagi tadbirlarning o‘zaro muvozanatda emasligi; nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, moslashtirish va muvofiqlashtirishning yo‘qligi; maktab ish rejasi mazmuni va muddatlari haqida ta’limning boshqaruv idoralari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuvning yo‘qligi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin