4.Monitoring -o‘quv-tarbiya jarayonini holisona baholash mexanizmi
Monitoring – (ingl., lotincha monitor-ogohlantiruvchi, ehtiyot qiluvchi ma’nolaridagi so‘zga inglizcha - ing – harakat nomi qo‘shimchasi qo‘shilgan bo‘lib, kuzatish, nazorat qilish ma’nolarini bildiradi). 1. Biron-bir jarayonni uning kutilgan natija yoki dastlabki tahminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish. 2. Ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini (mas., qabul qilingan qonunning bajarilishini) kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qo‘llaniladi. Masalan, ekologiya sohasida yer fondi holati bo‘yicha kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb ataladi. Shuningdek, kredit monitoringi. OAV monitoringi, jamoatchilik fikri monitoringi. Atrof-muhit monitoringi kabi yo‘nalishlarda olib boriladi.
Monitoring maqsadlari:
- ahvolni o‘rganish;
- yaxshilash choralarini aniqlash;
- samaradorlikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
- istiqbol rejalari uchun takliflar berish kabilardan iborat bo‘ladi..
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida monitoring me’yoriy-huquqiy, o‘quv-metodik, hisob va hisobot hujjatlari monitoringi yo‘nalishlarida olib boriladi, jumladan:
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Tegishli Farmon, Qaror, buyruqlar Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Ustavi Ish yuritish tartibi, Reglamenti, Ichki tartib-qoidalar, ish rejalari va boshqalar.
O‘quv-metodik hujjatlar:
DTS, o‘quv-reja, dasturlar, o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejalari, metodik tavsiya va tavsiyanomalar. Darslar jadvali, sinf jurnallari, davomat va o‘zlashtirish nazorati hujjatlari. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari, sinfdan tashqari ishlar rejalari va bajarilishi haqida hisobotlar.
Hisob va hisobot hujjatlari:
O‘quvchilar va ular harakatini hisobga olish hujjatlari. Pedagog kadrlar hujjatlari. Qat’iy hisobotdagi hujjatlar. O‘quv-moddiy negiz, uning hisobi, saqlanishi, foydalanilishi va nazorati hujjatlari. Moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatlari. Ta’lim muassasasi ish rejalarining bajarilishi hisoboti.
Dostları ilə paylaş: |