O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


-jadval. Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə97/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm.
1-jadval. Novatsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar


Asosiy farqlar


Novatsiya


Innovatsiya

1) amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;


2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni
takomillashtiradi

1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;


2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi

Innovatsion faoliyat ilm-fan va ishlab chiqarish sohalarini o‘zaro birlashtirib, ularning salohiyatini oshirishga imkon beruvchi o‘ziga xos ishlab chiqarish kuchi bo‘lib, uning ta’sir samarasi o‘laroq, nisbatan mustaqil faoliyat turi hisoblanmish ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, yangilik sifatida amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarni iqtisodiy agentlarning joriy faoliyati davomida yuzaga keladigan turli xil muammolarini bartaraf etish, ehtiyojlarini qondirish instrumenti hisoblanadi.


Ta’lim tizimida innovatsiya qo‘yidagi xolatlarda vujudga keladi.

1-rasm. Ta’lim tizimida innovatsiyani vujudga kelish holatlari.
Ilmiy muassasalar bilan oliy ta’lim muassasalarining va ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faoliyati mazmun-mohiyatan bir-biridan farqlanadi. Ayrim manbalarda ilmiy muassasalar bilan oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati haqida so‘z yuritilganida, «ilmiy-innovatsion faoliyat» degan tushunchadan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida fikrlar bildirilgan.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevralda “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli farmoni chiqdi. Mazkur Farmonning 1-ilovasiga muvofiq 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI tasdiqlandi.5


Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” ga qaratilgan. Mazkur ustuvor yo‘nalishning 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘limida: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish to‘g‘risida muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasida innovatsion infratuzilmani shakllantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bu turli xil innovatsion markazlarni, texnologik parklarni, biznes inkubator va boshqa shu xildagi tuzilmalarni rivojlantirishdan iboratdir. Aynan, shu kabi tuzilmalar faoliyati orqali ilm-fan yutuqlarini keng ko‘lamda amaliyotga tadbiq etish mumkin bo‘ladi.
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining qoshida innovatsion markazlarni va boshqa shu kabi tashkiliy tuzilmalarning shakllantirilishi va ilm-fan sohasida innovatsion faoliyatning rag‘batlantirilishi tufayli ilmiy xodimlarning, novator-kashfiyotchilarning mehnat motivatsiyasini kuchaytirishga, ilmiy ishlarning natijaviligiga erishish mumkin bo‘ladi.
Shunga muvofiq, fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, tashkiliy muammolar respublika darajasida, kadrlar bilan ta’minlash, informatsion-marketing masalalari bilan bog‘liq muammolar respublika va hududlardagi aniq oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshiriladigan bo‘lsa muammolar yechimi ta’minlanar edi.
Innovatsion jarayonda yangilikni yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayon quyidagicha bosqichlarga ajratilgan:
  • 1-bosqichda yangi g‘oya paydo bo‘lishi yoki yangilik konsepsiyasi yuzaga kelishi kutiladi.


  • 2-bosqichida kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan ob’ekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko‘rinishidagi yangilik yaratish.


  • 3-bosqichda yaratilgan yangilikka amaliy extiyoj topilib uni qo‘shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi, bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.


  • 4-bosqichda yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo‘shilib) keng tatbiq etilishidan iborat.


  • 5-bosqich, yangilkning biror sohada hukmron bo‘lishi, bunda xususan yangilik o‘z yangiligini yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi.


  • 6-bosqich yangilik qo‘llanilishi doirasi qisqarib uning yangi mahsuldori bilan almashadi.


Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir-birini vaqt bosqichida ketma-ket almashtirib turishi, muntazam tizim uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini ifodalaydi.


Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin