O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

M U N D A R I J A

  1. O‘tilayotgan fanning nazariy materiallari……………................


  2. Seminar mashg‘ulot materiallar…………………………………


  3. Didaktik materiallar, mustaqil ta’lim uchun materiallar...............


  4. Glossariy…....................................................................................


  5. Adabiyotlar ro‘yxati......................................................................


  6. Ishchi dastur……………………………………………………



\



O‘tilayotgan
fanning nazariy
materiallari

Kirish


O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish” vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, innovatsion jarayonlarni boshqarish, o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga yo’naltirish, umumiy o’rta ta’limda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarishga kompetent menejerlarni tayyorlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF‑4947‑son, 2018-yil 21-sentyabrdagi “2019‑2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF‑5544‑son, 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmonlari, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3931-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-son Qarori maktab menejmenti asoslari fanini o‘qitishning metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
“Maktab menejmenti” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi bo’lajak menejer maktabda innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, innovatsion jarayonlarni loyihalash, innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish, xalqaro baholash dasturlarini boshqarish, PISA va TIMSS dasturlari asosida ta’lim sifatini boshqarish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur. Talabalarni maktabda pedagogik jarayonlarni boshqarishga tayyorlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin