O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil etish, taym-menejment



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə5/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil etish, taym-menejment (ing. time management)— vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va undan samarali foydalanish texnologiyasi.
Vaqtni boshqarish — bu faoliyatni ma’lum turlariga sarflangan vaqtni ongli boshqarish xarakati yoki mashg‘ulot jarayoni xisoblanib, bu jarayonda samaradorlik atayin oshiriladi. Vaqtni boshqarish aniq vazifa, loyixa va maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladigan bilim, ko‘nikma va metodlarni taqdim etishi mumkin. Bu jamlanma o‘z ichiga faoliyatning katta qismini oladi, aynan: rejalashtirish, taqsimlash, maqsad qo‘yish, sarf qilingan vaqtning taxlili, monitoring, tashkil etish, ro‘yxat tayyorlash va birlamchilarini ajrata olish. Avvaliga vaqtni boshqarish biznes va mexnat faoliyatlaridagina qo‘llanilgan, endilikda shaxsiy faoliyatni o‘z ichiga qamarab oldi. Vaqtni boshqarish tizimi jarayon, zaruriy jixozlar, texnika va metodlarning birikishidan iborat. Odatda vaqtni boshqarish har qanday loyixani rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etadi, chunki loyixaning yakunlanish vaqti va uning xajmini belgilab beradi.
Vaqtni boshqarishda quyidagi jarayonlarni alohida ajratish mumkin:
  • Taxlil

  • O‘tkazilgan taxlil asosida strategiyalarni modellashtirish.

  • Maqsadlashtirish: aniq maqsad qo‘yish yoki rivojlanishning asosiy yo‘nalishini aniqlash. Maqsadni (maqsadlani) aniqlash va shakllantirish.


  • Yetakchilarni rejalashtirish va ketma ketlashtirish. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va bajarilishi kerak bo‘lgan birlamchi vazifalarni ajratib olish.


  • Amalga oshirish, belgilangan reja va maqsadga erishish tartibi asosidagi aniq qadam va harakatlar.


  • Maqsadga erishish, rejalarni amalga oshirish, natijalar bo‘yicha yakunlashni nazoratga olish. Shuningdek, vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirayotgan odam yoki guruh loyihalarni keyinchalik xam davom ettirishni istasalar u holda xronometrajni olib borishlari va taxlil natijalarini xronometrajni “loyixa kartochkalari” ko‘rinishida saqlab borish maqsadga muvofiqdir, ularni keyingi dastur yoki loyixalarda xam qo‘llay olishlari uchun.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin