O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


PISA – o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə93/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

5. PISA – o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi.
1990 yillarning oxirida ta’lim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qo’llash g’oyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo’yicha xalqaro dastur – PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi.

PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu – matematika, o’qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo’yicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to’plamidir. Bunday baholash har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o’quvchilari o’rtasida tasodifiy tanlov asosida o’tkaziladi. PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur

Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.

PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.


PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
Tadqiqot yo‘nalishlari
-O‘qish savodxonligi
-Matematik savodxonlik
-Moliyaviy savodxonlik
-Kompyuter savodxonligi
-Tabiiy-ilmiy savodxonlik
PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek, o’quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish kontekstda ham ijodiy qo’llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan insonlar o’rtasida o’qish savodxonligi, matematik savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o’lchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog’liq. PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o’zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta’lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. SHuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etadi, ya’ni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu tadqiqot natijalari orqali javob topadi.
2021 yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Ma’lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rish uchun matematik savodxonlik yo’nalishi bo’yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go’zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shug’ullanish kerak bo’ladi.
Bu borada jahon tajribasi qanday?

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin