MASHG’ULOTGA DOIR TARQATMA MATERIALLAR
1-tarqatma material. Ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq tushunchalar va ularning mohiyati
Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
O’qitish texnologiyasi – o’quv mashg’ulotining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashtirish, har bir bosqichda qo’llaniladigan shakl, metod va vositalarni oqilona tanlab olish, o’qituvchi va o’quvchining vazifalarnin oydinlashtirishga qaratilgan algoritmik ketma-ketlik.
Tarbiya texnologiyasi – tarbiya natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon.
Identiv o’quv maqsadi – texnologik jarayonning asosiy komponenti bo’lib, kutiladigan natijaga aynan mos keladigan o’quv maqsadi. Identiv o’quv maqsadi o’z navbatida o’quv vazifalariga aylantiriladi.
Interfaol metod – o’quv jarayoning tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi, ham o’quvchini faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish usullari majmui.
Grafik organayzerlar – o’quv jarayonida qo’yilgan maqsadga erishishda yordam beruvchi chizma, jadval, grafiklar majmui. Agar grafik organayzerlarni o’qituvchi tayyor, to’ldirilgan holda qo’llasa, vosita vazifasini, o’quvchilarning mashg’ulot mavzusiga doir bilimlarini mustahkamlash va fikrlashini rivojlantirish maqsadida ishlatilsa, metod vazifasini bajaradi.
2-tarqatma material. O’quv jarayonini texnologiyalashtirish bosqichlari
O’quv mashg’uloti maqsad va vazifalarini aniqlashtirish
Mashg’ulot bosqichlari va vaqtni taqsimlash
Kutiladigan natijalarni oydinlashtirish
Professor-o’qituvchining vazifalari
Shakl, metod va vositalarni tanlab olish
Talabaning o’quv ishi tartibi
Nazorat va baholash tartibini belgilash
O’quv materiaalri majmui
Dostları ilə paylaş: |