O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə1/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MIRZAYEVA FAROG’AT

KASBIY FANLARNI O’QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
(uslubiy qo’llanma)

TOSHKENT – 2013
Annotatsiya
Mazkur uslubiy qo’llanmada kasbiy fanlarni o’qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirish, interfaol ta’limni tashkil etishning o’ziga xosliklari, interfaol metodlar va grafik organayzerlar, keys-stadi, o’quv loyihasi va o’quv portfoliosi kabi ilg’or pedagogik texnologiyalarga oid nazariy materiallar hamda “Kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” faniga doir amaliy mashg’ulotlar o’z aksini topgan.
Uslubiy qo’llanmadan pedagogika oliy ta’lim muassasasining professor-o’qituvchilari, talabalar, pedagogika kolleji o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor


Oynisa Musurmonova,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Begzod Xodjaev

SO’Z BOSHI

O’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida o’qituvchi avvalo pedagogik faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasasining tayyorlaydigan ixtisosligini e’tiborga olgan holda differentsial o’qitishni amalga oshirishi lozim. O’quvchilarni kasbiy yo’nalirish nafaqat ta’lim mazmuniga kelgusida egallaydigan kasb haqida ma’lumot berish, balki mazkur kasb talab etadigan bilim, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur jarayonda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali ta’lim samaradorligiga erishish mumkin.


“Kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” kursi kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning nazariy asoslari, kasbiy fanlarni o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish, o’yin texnologiyalarini qo’llash, keys-stadi, o’quv loyihasi, o’quv portfoliosidan foydalanish imkoniyatlari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Fanning vazifasi – talabalarni ilgor pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga doir bilimlar bilan qurollantirish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini loyihalash va rejalashtirishga o’rgatish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni samarali qo’llay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.



Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin