O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə8/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)

VENN DIAGRAMMASI
Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo’llaniladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib berishi kerak.
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) o’quvchilar Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to’ldiradilar;
2) juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar;
3 ) doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.


B-B-B JADVALI – BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM


Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar;
2) “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz?” va “Nimani bilmoqchisiz?” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar;
3) ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar;
4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo’limini to’ldiradilar.

B-B-B JADVALI

Bilaman


Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin