1-tarqatma material. Keys-stadining kelib chiqish tarixi.
Keys‑stadi inglizcha sase – aniq vaziyat, stadi – ta’lim co’zlarining birikuvidan hosil qilingan bo’lib, aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi.
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qo’llanilgan. Garvard biznes maktabining o’qituvchilari biznes yo’nalishidagi aspirantura bo’limi uchun to’g’ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani echish uchun biznes maktabining o’qituvchilari tomonidan qo’yilgan dastlabki qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan interv’yu olish hamda mana shu menejerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish bo’ldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to’qnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo’lib munozara tashkil etish asosida uning echimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yo’nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ’ib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari ko’payib bormoqda.
2-tarqatma material. Keys-stadi metodining kategorial apparati
Keys-stadi ta’lim metodining kategorial apparatini shakllantirish undan foydalanishning samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beradi hamda ta’lim jarayonida metodning texnologiyalashtirishga imkon beradi. Keys-stadi metodining asosiy tushunchalari qatoriga “vaziyat” va “tahlil”, ushbu ikki tushunchaning uyg’unlashuvidan kelib chiqqan “vaziyat tahlili” kiradi. Falsafiy nuqtai nazardan “vaziyat” atamasi o’z ichiga bir qator kontekstlarni birlashtiradi. Shuning uchun, ushbu atama yuqori darajadagi barqarorsizlik bilan tavsiflanuvchi va o’z tarkibida bir qator ziddiyatlarga ega bo’lgan muayyan holat sifatida izohlanishi mumkin. Vaziyat aksariyat hollarda o’zgarish moyilligiga ega bo’lib, uning o’zgarishi ushbu vaziyatda ishtirok etuvchi sub’ektlarning faoliyatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Vaziyat insonlar ta’siriga nisbatan ochiq bo’lib, insonlarning xatti-harakatlari esa ushbu vaziyatda o’z maqsadlariga erishishlari va qiziqishlarini qondirishlariga bog’liq bo’ladi.
Keys-stadi metodining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil (analiz)”dir. Tahlil etish kategoriyasi ob’ektni xayolan bo’laklarga bo’lish yoki ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli tasniflari mavjud bo’lib, umumiy ma’noda analiz tasnifini quyidagicha aniqlashtirish mumkin: tizimli analiz, korrelyatsion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar. Analizning ushbu barcha turlari keys-stadi metodi doirasida qo’llanilishi mumkin bo’lib, mazkur holat metodning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Keys-stadida vaziyatni anglash, tafakkur qilish jarayonida amalga oshishi mumkin bo’lgan bir qator analitik faoliyat turlari ishtirok etishi mumkin. Bu esa o’z navbatida o’qituvchidan yuqori darajadagi metodologik madaniyatni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |