Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mustaqil o’qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o’zlashtirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) o’quvchilar insert jadvalini to’ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida o’zlari to’ldiradilar;
2) o’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq alohida o’zlari jadval ustunlariga “kiritadilar” va tizimlashtiradilar:
“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“+” - men uchun yangi ma’lumot;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to’ldirish talab tiladi.
O’QITISH BO’YICHA QO’LLANMA
Bunday ishlanmalar o’quvchilarning tadqiq etish faoliyatini ular matnni mustaqil o’qish topshirig’ini olishganida yo’naltirishga yordam beradi. Quyida e’tiborimizni, yalpi o’qish paytida, savollar yozilgan varaq tufayli, o’quvchilarning e’tiborini “O’quv maqsadlarini oydinlashtirish” to’g’risidagi matn ichida sochilgan muayyan detallarga jalb etilganiga qaratamiz. Undan avval materialni o’zlashtirish uchun o’qitish bo’yicha qo’llanma quyidagi hollarda yaxshi ko’makchi ekanligini eslatib o’tish lozim:
1) talabalarga o’zlarining kuzatishi ehtimoldan uzoq bo’lgan fikrning ancha nozik harakatini sezishda yordam beradi.
2) ishning hamma bosqichlarida yuqori tartibdagi fikrlashni rag’batlantiradi;
3) munozara yoki yozma ish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, ya’ni o’quvchi o’z qobig’iga o’ralib qolmaydi.
O’quv maqsadlarini oydinlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim maqsadlarini qay tarzda belgilash kutilgan natijaga erishishga imkon beradi, deb hisoblaysiz?
1) ta’lim mazmuniga binoan belgilash; 2) o’qituvchi faoliyati orqali aniqlash; 3) talaba shaxsining ruhiy, aqliy, axloqiy, estetik jarayonlari shaklida ifodalash; 4) talabaning o’quv-bilish faoliyati orqali qo’yish.
3. Ta’lim maqsadi talabaning harakatlarida aks etgan o’qish-o’qitish natijalari orqali ifodalanishi kerak, degan fikrga qanday qaraysiz?
|
Dostları ilə paylaş: |