O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish


-tarqatma material. Interfaol metodlar tasnifi



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə5/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)

2-tarqatma material. Interfaol metodlar tasnifi


O’rganilayotganlarini o’zlashtirishga da’vat qilish metodlari

Yangi materialni anglash metodlari

O’rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar

Erkin yozish.
Klaster.
Aqliy hujum.
B-B-B chizmasi.
Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi.
Blits-so’rov.

Insert chizmasi.
B-B-B chizmasi.
O’qitish bo’yicha qo’llanma.
Bir-biriga o’rgatish.
Bir-biridan so’rash.
Ikki qismli kundaliklar.
Eng asosiy tushunchalar

Eng asosiy tushunchalar, takrorlash.
T-chizma.
Toifalash jadvali.
Nima uchun? chizmasi.
“Qanday?” diagrammasi.
Venn diagrammasi.
Besh minutlik esse.
O’n minutlik esse.


3-tarqatma material. Interfaol metodlardan foydalanish yo’llari
KLASTER GRAFIK ORGANAYZERI
Klaster (Klaster-tutam, bog’lam) – axborot xaritasini tuzish yo’li; barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.
Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
O’quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:
1) o’quvchilar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi;
2) birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
3) muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.

Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin