MASHGULOTNING TUZILISHI Mashg’ulot rejasi: Keys-stadining kelib chiqish tarixi.
Keys-stadi metodining kategorial apparati.
Keys turlari va ularning o’ziga xosliklari.
Keys topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari.
Adabiyotlar: Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. – T.: TDIU, 2010.
Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. – T.: O’qituvchi, 2004.
Tolipov O’.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: Fan, 2005.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:talabalarda keys-stadi metodi va uning o’ziga xosliklariga doir bilimlarni tarkib toptirish hamda keys-stadi metodini qo’llashga doir ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish .
Pedagogik vazifalar: - keys-stadi metodining kelib chiqish tarixini bayon etish;
- keys-stadi metodining kategorial apparatini aniqlashtirish;
- keys turlari va ularning qo’llanilish tavsifini izohlash;
- keys topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari bilan aniqlashtirish.
Ta’lim metodi:ma’ruza, tushuntirsh, videometod.
Talabalarning o’quv faoliyatini tashkil etish shakli: ommaviy, individual.
Didaktik vositalar: slayd-prezentatsiya, tarqatma materiallar.
Ta’limni tashkil etish sharoiti: maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona.