O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II-BOB  YOSH  AVLODNI  INSONPARVARLIK  RUHIDA  TARBIYASIDA  ALISHER



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

 

 

II-BOB  YOSH  AVLODNI  INSONPARVARLIK  RUHIDA  TARBIYASIDA  ALISHER 



NAVOIY IJODIY MEROSIDAN FOYDALANISH. 

 

2.1. “Xamsa”  dostonida komil  inson kontseptsiyasining g„oyaviy asoslari. 

 

 

“Xamsa”-  Navoiyning  shoh  asardir.  Unda  mutafakkir  va  davlat  arbobi,  murabbiy  va 



ishtedodli  san‟atkorning  olam  va  odam  haqidagi  falsafiy  badiiy  kontseptsiyasi  butun  qirralari 

bilan yorqin namoyon bo„ladi. 

 

“Xamsa”,  yaxlit  olganda  analitik  asar  bo„lib,  uni  murakkab  kompozitsiyali  mozaik 



pannoga qiyos qilishi mumkin.   Chunki  shoir  xilma-xil xarakterdagi  yuzlab  voqea va  hodisalar  

tasviri  vositasida o„z jamiyati va tasavvuridagi olamning murakkab manzarasini yaratadi. 

 

“Xamsa”-  keng  masshtabli  asar.  Undagi  voqea-hodisalar  makon  va  zamonda  



cheklanmagan.  Obrazlar galereyasi uchun ham milliy va geografik chegaralanish yot. 

 

Ideal qahramonlar bilan bog„liq tasvirlarda shartlilik mavjud bo„lib, ular o„tmish sifatida 



taqdim  etiladi.  Lekin  bir  qator  bob  va  epizodlar  (riyokor  shayxlar,  zolim  shohlar,  dengiz 

qaroqchilari va hokazolar) vaqt jihatidan bevosita zamon bilan aloqador. 

                       

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – B.68. 




14 

 

 



Lekin  shunisi  xarakterliki,  o„tmishning  tasviri  ham  avtorning  aktual  g„oyaviy 

kontseptsiyasi  uchun  xizmat  qiladi  va  ma‟lum  imo-ishoralar  orqali  zamon  bilan  bog„lanadi 

(Bahromshohning  Navoiy  orqali  Husayn  Boyqaroga    nasihati,  Iskandarning  onasiga  maktubi, 

avtorning shahzodalarga qaratilgan o„gitlari va hokozalar). 

“Xamsa”da  Navoiy  ayrim  siyosiy-ijtimoiy  va  falsafiy  mulohazalarini  ustalik  bilan 

niqoblab  o„tsa-da,  asosiy      g„oyaviy-badiiy  kontseptsiya  va  novatorligini  alohida  ta‟kidlib 

ko„rsatadi.  Ana  shu  niyat  asarning  umumiy  arxitektonikasini  ham  belgilagan:  go„yo  dostonlar  

(syujetlilari)  ikki  qismdan  iborat  bo„lib,  birinchi  qismda,  traditsion  hamdu  nahtdan  tashqari 

avtorning  g„oyaviy-estetik  kontseptsiyasi  ham  bayon  qilinadi.  Ikkinchi  qism  esa  muayyan 

kontseptsiyaning  badiiy  illyustratsiyasidan  iborat.  Birinchi  va  oxirgi  dostonda  esa  ana  shu 

masalada o„ziga xoslik mavjud (kontseptsiya va isbot doston ichida ham beriladi). “Xamsa”dagi 

ideal  qahramonlarning  mohiyatini  yetarli  baholash  mumkin  emas.  Xarakterli  misol  sifatida 

«Sabhai sayyor»dagi Xo„ja Axiy obrazining mavjud talqinlarini ko„rsatish mumkin: 

«Hikoya  sevgi  va  sadoqatning  odamgarchilik  va  olijanoblikning  «g„alabasi  bilan 

tugaydi»

1

.  



«Shoir  poklik,  sevgida  vafodorlik  masalasini  shahzoda  Farrux  va  Axiy  sarguzashtlarini 

tasvirlovchi birinchi hikoyatda qo„yadi»

2



«Shunday qilib, bitta xayrli ish o„shanday olijanoblikni yuzaga keltirdi»



3

 



Shuning  uchun  ham,  “Xamsa”  dostonlarining  muqaddima  qismlarini  sinchiklab 

o„rganish, birinchi navbatda, har bir doston yoxud hikoyaning tub mohiyatini to„g„ri tushunishga 

yo„l  ochsa,  ikkinchi  tomondan,  shoir  falsafiy,  ijtimoiy  va  axloqiy  qarashlarining  muhim 

qirralarini to„g„ri belgilashga yordam beradi.  

 

Lekin  mazkur  muqaddimalardagi  u  yoki  bu  masalaga  daxldor  qismlarni,  Navoiyning 



boshqa  asarlari  bilan  bog„liq  holda,    uning  umumiy  g„oyaviy  pozitsiyasi  kontekstida  talqin 

qilgandagina ularning mohiyati va funktsiyasi to„g„ri baholanishi mumkin. 

 

Umuman,  Navoiyning  olam  va  odam  haqidagi  badiiy  kontseptsiyasi  muqaddimalarda 



ko„proq  ratsional mulohaza, asosiy qismlarda esa badiiy-emotsional  shaklda namoyon bo„ladi.  

 

“Xamsa”  turkiy  tildagi  yozma  adabiyot  rivojining  muayyan  davriga  yakun  yasab,  uni 



yangi  bosqichga    olib  chiqqan  buyuk  san‟atkor  va  mutafakkir  mehnatining    mahsuli  bo„lmish 

ko„pqatlamli  adabiy  hodisa  sifatida  tarixiy  poetika  va,  umuman,  badiiy  tafakkur  taraqqiyoti 

uchun boy material beradi. 

                       

1

 O‟zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob. Toshkent, 1976, 486-bet 



2

 O‟zbek adabiyoti tarixi, II-kitob. Toshkent, 1977, 289-bet 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin