138
suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so’zlarni
aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak,
chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning
uchun ham psixodiagnostikada «rolli o’yinlar» metodi yordamida psixodiagnost
yoki amaliy psixolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.
Suhbat o’rganish uslubi sifatida qo’llanilganda oldindan suhbat maqsadi va
asosiy savollar mazmunini aniqlab olish zarur. Suhbat davomida o’zaro
samimiylikni ta’minlab, o’quvchini ochiq suhbatga tortaolish orqali uning ichki
dunyosi, oiladagi muhit to’g’risida, o’quvchining qiziqishlari va qadriyatlari
xaqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.
2. Anketa metodi. Ma’lum qoidalar asosida tuzilgan savollar to’plami
anketa deb ataladi. Mana shunday ma’lum mantiqiy bog’lanishga ega savollar
tizimi orqali kishilarning fikr, mulohazalirini, munosabatlarini, qiziqish va
kadriyatlarini o’rganish anketa o’tkazish usuli deyiladi.
Anketalar o’z ichiga olgan savollar mazmuni, vazifasi va shakligan qarab
har xil bo’lishi mumkin.
Anketadagi savollar mazmun jihatidan faktlarga («Bo’sh vaqtlardagi
mashg’ulotlarni», «Oilaning va yashash sharoitning haqida»). Atrofdagi odamlar
ularning fikrlari va xodisalarga («Nima uchun, sening fikringcha, ko’pchilik
o’quvchilar bor kuchini o’qishga sarflamayaptilar?») qiziqish va niyatlariga
(«Qanday kasb egasi bo’lishni xoxlaysan?») taaluqli bo’lishi mumkin.
Savollar yo’naltiruvchi, aniqlovchi va sinaluvchi rostgo’yligini nazorat
qiluvchi vazifalarini bajarish mumkin.
Savollar shakli jihatidan ikki xil bo’lishi mumkin.
«Ochiq» savollar ya’ni anketadagi savollarga javoblarning variantlari bo’lmaydi,
sinaluvchi savollarga erkin shaklda javob berishi mumkin; 2. «Yopiq» savollar
ya’ni savollarga mumkin bo’lgan javob varianlari tayyor holda berilgan bo’ladi.
(ha, yo’q, bilmayman va shu kabi boshqa javob variantlari). Sinaluvchi shu
javoblardan birini tanlashlari zarur.
Anketa savollari quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
«Yopiq» savollar faqat bir xil ma’nodagi javoblarga mos bo’lishi (ha, yo’q,
bilmayman) yoki barcha mumkin bo’lgan javob variantlarini ko’zda tutishi
kerak;
O’zining xususiyatini va xulq-atvorini axloqiy yoki ijtimoiy baholashni
talab qiladigan savollar berish maqsadga muvofiq emas. Masalan: «Siz.
O’zingizni o’ziga juda ishonadigan yoki o’ziga ishonmaydigan kishi deb
hisoblaysizmi? Bu savolni boshqacharok tuzish mumkin. Masalan «Qiyin
vaziyatni boshingizdan kechirgandan keyin, biror narsani shunday qilishim
kerak edi, lekin kilmadim deb ko’p uylaysizmi?
Savollar qisqa, aniq, mazmun yorkin, o’quvchilar uchun tushunarli
bo’lishi zarur.
O’quvchining bir psixologik xususiyatini aniqlash uchun bir nechta
savollar kiritilishi kerak. Chunki ular sinaluvchining savollariga samimiy (rost)
javob berishini nazorat qilish imkoniyatini tug’diradi.
Anketaning boshlanishida yengil, oson savollar, keyin asosiy va qiyin
savollar o’rtasida, yakunlovchi qismida sosial, demografik (yoshi, jinsi, sinf,
139
millati va boshqa) xususiyatlarini aniqlovchi asosan murakkab bo’lmagan
savollar joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Anketa metodining afzallik tomonlari ko’p. Bu uslub orqali bir vaqtning
o’zida ko’p kishini o’rganish mumkin. Qisqa vaqt ichida ma’lumot olish va
olingan ma’lumotlarni yengil va mazmun jihatidan qayta ishlash imkoniyati
mavjud. Shuning bilan birgalikda anketa orqali o’quvchi shaxsini barcha
tomonlarini chuqur o’rganish qiyin. O’quvchilar yoki yuqori ma’suliyat bilan
javob bermasligi mumkinligini ham hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: