O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Seskanuvchanlik va tropizmlar
Biz yuqorida ko’rib o’tgan seskanuvchanlik o’simliklardan tortib
hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik 
ahamiyatga ega bo’lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir.
Sodda, bir xo’jayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik
xususiyati bo’lib, ular tashqi muhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradilar.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga tropizm yoki 
taksislar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo’ladi: fototropizm - tirik
organizmning yorug’lik ta’siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik
organizmning issiqlik ta’siri ostida harakatga kelishga moyilligi; xemotropizm -
tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan
moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo’zg’atuvchi ta’siri ostida
harakatga kelishi va x. k. O’simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli
faqatgina tropizmlardan iborat.
Hayvonlarda ta’sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan.
Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan
bog’liqdir. A. N. Leontyevning gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik "genetik
jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta’surotlar bilan bog’lovchi,
organizmni muhitda mo’ljal olishga yerdam beruvchi, signallik vazifasini
o’tovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bo’lak narsa emas".
4
Yuksak tashkil topgan
hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a’zolari) tarkib topadi.
Narsalarning aslida befarq, ya’ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari
(hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo’ladi. Shu sababdan
hatto eng sodda hayvon ham ma’lum sharoitda faqat biotik qo’zg’atuvchilarga
emas, balki ayni shu konkret vaziyatda biotik qo’zg’atuvchining paydo
bo’lganidan signal beruvchi abiotik, indifferent qo’zg’atuvchilarga ham javob
bera boshlashi mumkin. Yashash usulining o’zgarishi bilan ko’p xo’jayrali
organizmlarda tanalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma’lum
turdagilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - sezgi organlari rivojlanadi, aks
ettirish shakllari ham anchagina murakablashadi.
Nerv sistemasi taraqqiyoti sezgi nerv sistemasi taraqqiyoti, sezgi
organlarning taraqqiyoti shu bilan birga hayvonlarning hayot kechirishi tarziga

4
Leont’ev А.N. Problemi razvitiya psixiki .-М., МGU,2000. s. 56 b





15
moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jarayonida


bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog’langandir.
Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi
umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan
xolda hayvonlarning instinktiv harakatlari, ko’nikmalar va aqliy (intellektual) 
hatti-harakatlari farqlanadi. Instinktlar. Instinktlar hayvonlar hatti-
harakatlarining murakkab, tug’ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda
cho’p, loy tanlashi, o’rgimchaklarning to’qish san’ati. Asalari o’z kataklarida
go’yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko’radi. Bundan tashqari
asalarilarda bir-birini xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator
moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa
harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar yuzaki kuzatganda o’zining
"maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga
muvofiq hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar
ma’lum tashqi qo’zg’atuvchi(lar)ning ta’sir ko’rsatishiga javob tariqasida
yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o’zgarmaydi, lekin bu
harakatning bironta muhim qismi o’zgarib qolsa, u har gal maqsadga
muvofiqligini yo’qotadi. Masalan, agar asalarilarning asal saqlash uchun
yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo’yilsa (ya’ni tagi teshib qo’yilsa),
bunday holda asalari ma’lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi
asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo’lsa ham, uyaning og’zini ustki
tomondan mum bilan berkitib quya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari
faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdirlar. Shuni qayd qilib qilib
o’tish kerakki, garchi ma’lum instinktlar bir turdagi barcha organizmlarga xos
bo’lsa ham, lekin ularni amalga oshirish alohida organizmlarda biroz
boshqacharoq bo’ladi. Instinktiv hatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har
xil tarzda amalga oshirilishi yashash sharoiti keskin o’zgargan xolda
organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin