166
Xarakterning tuzilishi
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’pqirralidir. Unda Alohida
xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko’rsatilishi mumkin, lekin ular bir-
birlaridan ajratilgan, Alohida xolda bo’lmaydi, balki ma’lum darajada
xarakterning barkaror tuzilishini tashkil etgan xolda uzaro boglik bo’ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o’rtasidagi konuniy
bogliklikda namoyon bo’ladi. Agar kishi kurkok bo’lsa, u tashabbuskorlik,
kat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyximmatlilik fazilatlariga ega
bo’lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Shu bilan birga xarakteri bo’yicha
kurkok kishidan itoatkorlik va xushomadguylikni, kuchli kishiga nisbatan
konformlilikni, kizgonchilikni, sotkinlikni, ishonchsizlik va extiyotkorlikni
ko’tish mumkin.
Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bo’lib,
uning namoyon bo’lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy
yunalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar
ham borki, ayrim xollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular
bilan uygunlashmasligi ham mumkin.
Xarakter subyektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb
qilinishiga qarab xatti-harakatlarda va ishlarda namoyon Bular ekan, ham
faoliyat mazmuniga, ham qiyinchilikning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqqiyatsiz
bartaraf etilishiga, ham asosiy xayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin
istiqbollarga bog’lik bo’lib qoladi.
Shunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi
muxitga va o’z-o’ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo’lishi muxim
hisoblanadi. Shu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muxim
xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to’rtta sistemasini farqlash
mumkin:
1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi
xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takabburlik va
boshqalar.
2. Mexnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xarakter hislatlari:
mexnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas’uliyat bilan karash, boshlagan ishni
oxiriga yetkazish, yalkovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.
3. Narsalarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter hislatlari:
ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan
extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
4. Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter
hislatlari: izzat-nafslilik, uz sha’nini extiyot qilish, kamtarlik, o’ziga ortikcha
baxo bermaslik yoki shuxratparastlik, magrurlik, dimogdorlik, uzini kata olish
kabilar.
Dostları ilə paylaş: