O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə119/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Testga izoh 
Ushbu diagnostikaning nisbatan ishonchsizligiga qaramay, mazkur
metodika psixokonsultant bilan mijoz o’rtasida yaxshi aloqa vositasi bo’lishi
mumkin. Individual tavsif berish chog’ida quyidagi savollarni berishni o’rinli
deb hisoblaymiz (odatda tasdiq javobi beriladi):
Bo’yin bo’lsa – ko’ngli nozikmisiz? Sizni xafa qilish osonmi?
Quloq bo’lsa - sizni eshitishni biladigan odam deb hisoblashadimi?
Cho’ntak bo’lsa - bolalaringiz bor-mi?
Agar biron bir rasmda bosh kiyimi bo’lsa - kimgadir majburan yon bosib, endi
afsusdamisiz?
Agar uchchala rasmda ham bosh kiyimi bo’lsa – o’zingizni qo’lingiz bog’liqday,
chorasizday his qilayapsizmi?
Yuz to’liq chizilgan bo’lsa — muloqotchan odammisiz?
Birgina og’iz bo’lsa – Sergapmisiz?
Birgina burun bo’lsa — hidga sezgirmisiz? Atirni xush ko’rasizmi?
Odamcha tanasida aylanalar bo’lsa -- kimgadir buyruq berish majburiyatingiz
bormi?

«Tugallanmagan jumlalar» proyektiv metodikasi 
Sinaluvchi: 16-yoshdan kichik bo’lmasligi, proyektiv metod tushunchasi
va vazifasining maqsadi bilan tanish bo’lmasligi shart.
Ko’rsatma: Psixolog sinaluvchiga jumlalarning boshini o’qib beradi va
sinaluvchining hayoliga kelgan birinchi fikrni o’ylamasdan aytib, jumlani
yakunlab berishni iltimos qiladi. Psixolog javoblarni qog’ozga yoki diktofonga



160
yozib boradi. Agar sinaluvchi javob berishdan oldin o’ylanib qolsa, vaqti-vaqti


bilan o’ylanmasdan javob qaytarish zarurligini eslatib turish joiz.

Tugallanmagan jumlalar ro’yxati:


1. Kasbim. . (o’qishim. . )
2. Oilam. . .
3. Qo’rqaman-ki. . .
4. Pullar. . . . .
5. Orzuim. . . .
6. Ish. . . .
7. Tushlarim. . . .
8. Kurashmoq. . . .
9. Eng yoqtirganim. . .
10. Uyda . . . .
11. Boshim. . . .
12. Bolalar. . . .
13. Meni bezovta qilgan narsa. . . .
14. Ajal. . . .
15. Qiyofam. . . .
16. Do’stlar. . . .
17. Qudratim yetsa. . . .
18. Rejalarim. . . .
19. Yashirganlarim. . . .
20. O’ylasam. . . .
Ro’yxatni sinaluvchiga ahamiyatli bo’lgan mavzular bo’yicha tuzilgan
jumlalar bilan to’ldirish mumkin. Tahlilning asosiy vazifasi - sinaluvchi uchun
ahamiyatli bo’lgan mavzu, muammo va nizolarni aniqlash. Tahlilning barcha
vaziyatlarda ish beradigan qat’iy bir qolipi yo’q, umumiy yondashuvlar bor
xolos.
Ba’zi javoblar shunday aniq berilganki, Hech qanday tahlil yo izohga
muxtojlik sezilmaydi kasbim. . bo’lmagur. . ; yoki ish. . jonga tegdi degan
javoblarga nima qo’shimcha qilish mumkin (ellik birga kirgan ayol, injener)?
Biron bir mavzu muhimliligi (qisman bo’lsa ham anglanuvchi) uning bir
necha javoblarda ta’kidlanishidir. Ayniqsa, jumla boshlanishi berilgan mavzu
bilan mazmunan bog’liq bo’lmasa. . O’ttiz bir yasharli erkakning (oliy
ma’lumotli, qurilishda usta bo’lib ishlaydi) turkum javoblari shunday ma’nodor
va izoh talab qilmaydigandir: ish. . . . pul;. . pul. . . . ish; meni bezovta qilgan
narsa. . . . oylik; va h. , k. Ba’zan har xil mavzu bilan bog’langan javoblardagi
bir birini inkor etish xollari, nizoni aniqlash imkonini beradi. Masalan, yigirma
yashar talaba qizning javoblarida ish va hafsalasizlik, charchoq mavzulari
orasida nizo kuzatiladi. Birinchisiga: ish (sukut). . . . qunt; rejalarim. . . . yaxshi
o’qish – javoblari oiddir. Ikkinchisiga: orzuim. . . . dam olish (orzu bilan rejalar
orasidagi tafovutga e’tibor bering); kurashmoq. . . . hafsalasizlik bilan; qudratim
yetsa. . . . dunyoni ko’rsam, sayohat qilsam – javoblari oiddir.
Boshim. . . . og’riyapti - javobi ham shu mavzuga mansub. Ko’pincha
sinaluvchining aksariyat javoblarini shartli ravishda bir necha muhim
mavzularga mansubligi bo’yicha farqlash mumkin. Shu tariqa, o’ttiz uch yoshli
erkakning (chet el kompaniyasi xodimi) javoblarining teng yarmini shartli



161
ravishda o’zaro chambarchas bog’liq ikki mavzu doirasiga kiritish imkoni


tug’iladi. Birinchisini tobelik, o’zgarishlarga umid yo’qligi deb ataymiz:
kasbim. . . . qanday kasbim. . . . o’zgarishlar istagi; qo’rqaman-ki. . . . vaziyat
izmimdan chiqib ketsa; ish. . ish. . . . ko’p narsa o’zimga bog’liq bo’lgan ishni
istayman; kurashmoq. . yo’q, kurashish istagim yo’q; rejalarim. . . . Hech
qanday rejalarim yo’q.

Ikkinchi shartli mavzu bu - orzular: orzuim. . . uy, ko’lmak, cho’milish


havzasi, boshqa tomondan . . . . o’zga sayyoraga ko’chgim bor; tushlar. . . .
tushlarimda uchaman va uzoq parvoz etaman; meni bezovta qilgan narsa. . . .
boshim, havzasi bor uy hamda boshqa sayyoraning yo’qligi; qudratim yetsa. . . .
sakrardim, parvoz qilardim va suzardim. Sinaluvchi javoblarida, ehtimol,
anglangan, biroq yechimi yo’qday tuyulayotgan nizo mohiyati kuzatilmoqda.
Yaxshi anglanmagan yoki g’ayrishuuriy muammo yo mavzuning muhimliligi
ko’rsatkichi - davomiy sukut, javobdan bo’yin tovlash yoki «yo’q, bilmayman»
deyishidir. Sukut va ikkilanishdan keyin javob berilgan taqdirda, javob bir
qolipli bo’ladi- mashhur ibora, maqol yoki matal. Masalan, kurashmoq. . . .
yiqilgan kurashga to’ymaydi yoki o’ylayman. . . . demak borman.
Sinaluvchining o’z ichki olamiga bostirib kirilishlardan muvaffaqiyatli
himoyalanayotganligi ko’rsatkichi bo’lib javoblar qisqaligi, bir qolipdagi
gaplarning ishlatilishi, shuningdek ijtimoiy ma’qullangan kam ma’lumotli
javoblar berilishi hisoblanadi: yashirganim. . . . ba’zan, nimadir; do’stlar. . . .
yaxshi; qiyofam. . . . orasta. Bunday natijalarni tahlil qilish qiyin kechadi.
Biroq Bular ham o’zi bilan muhim axborotni olib keladi.
Izoh: «Tugallanmagan jumlalar» metodikasi boshqa proyektiv metodlarga
solishtirilganda g’oyaviy mazmunining soddaligi va ochiqligi bilan farqlanadi.
Shuning uchun odatda, sinaluvchidan ko’ra psixolog uchun zarur bo’lgan bir
qadar muhim va yangi ma’lumotlarni olish imkoniyati tug’iladi. Ayrim
hollarda (ba’zan shunday vaziyatlar ham vujudga keladi) sinaluvchi metodikani
o’tkazish chog’ida uni qiynaydigan va yaxshi anglanmagan muammoni anglay
boshlaydi. Bunday hollarda nafaqat sinaluvchining o’zi, balki psixolog ham
kutmagan kuchli emosional kechinmalar girdobida qolishi mumkin. Shunga
o’xshash vaziyatlarda tekshiruvni psixokorreksion suhbat ko’rinishiga o’tkazish,
yo sina-luvchini tinchlantirib, uning xohishiga ko’ra, ichidagini to’kib solishga
imkon yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Boshqa bir xavf - sinaluvchining
o’zi istaganidan ko’proq ma’lumot berib yuborishidadir. Ichki sezgisi kuchli,
mulohazali psixolog sinaluvchi yashirishga intilgan his-tuyg’ular va hodisalarni
tez Idrok qila oladi. Masalan, barcha gaplarni osonlikcha yakunlayotgan
erkakni olaylik. Ro’yxat oxirida u birin ketin ikki marta REJALARIM. . . . va
YaShIRGANIM. . . . deb boshlangan jumlalarni yakunlashni rad etadi-yu,
qo’shimcha AYoL. . . . deb boshlanadigan jumlaga SEKS deb javob berdi .
Bu o’rinda haqiqatda mavjud yoki rejalashtirilayotgan nikohdan tashqari
aloqaning ehtimoli yuqoridir. Ba’zan sinaluvchining o’ziga ham psixolog
izohlarisiz istaganidan ortiq ko’ngil iqrori ro’y bergani oydinlashadi, u o’zini
noqulay va xijolatli sezadi. Shuning uchun ham tadqiq natijalarini sinaluvchiga
yetkazishda psixolog andishali bo’lmog’i va unga ehtiyotkorlik bilan
yondashmog’i lozim.


162


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin