O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə115/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171
psixologiya -fayllar.org

O’zi-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir
ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning
boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli
qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday
sharoitda paydo bo’ladigan psixologik xolat «noadekvatlilik effekti» deb atalib,
uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik,
uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga
o’zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida»
kabi bahonalar ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas,
atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar xaqida bora-bora odamlar
«oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan
gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi
kerak.
Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy xodisa bo’lib, uning mazmuni va
mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabo’l
qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik
ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga
baho — o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan,
mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz,
vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat xislarining



154
tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub


bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash xislarini tarbiyalamoqda. Bu esa,
o’sha yuksak o’z-o’zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi
mexanizmidir.
Demak, o’z-o’zini baholash — o’z-o’zini tarbiyalashning
muhim mezonidir.
3-guruh uchun tarqatma material 
Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
Shaxs ijtimoiy, konkret – tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya
olishi tufayli tarkib topadi. Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi
nimadan iborat? Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita
oqim mavjud bo’lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik
konsepsiyasi, ikkinchisi esa sosiogenetik konsepsiyasidir.
Biogenetik konsepsiyaga ko’ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik
faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra, odam
psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat shakllarining mazmuni
ham go’yo tug’ilishidan peshonasiga yozib qo’yilgan emish, odamning psixik
taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib
qo’yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo’li bilan qanday
shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga
qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sosiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy
muhitga bog’lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muhit
nusxasidir». Sosiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning
shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muhitga
moslashadigan, passiv rol o’ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar
sosiogenetik konsepsiyani to’g’ri deb bilsak, u holda nima sababdan ba’zi holda
bir hil muhitda har hil odamlarning yetishib chiqishi tushunib bo’lmaydigan
masala bo’lib qoladi.
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda
dialektika ta’limotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamni anglangan
yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi
ehtiyojlar yig’indisiga bog’liqdir. Biroq ehtiyojlarni qondirish jarayoni ichki
qarama–qarshiliklarga ega bo’lgan jarayondir. Odatda ehtiyojlar paydo bo’lishi
bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar,
shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo’lishi, bilimlar, ko’nikmalar va
shu kabilar zarurdir.
Shaxs taraqqiyotida irsiyat va muhitning rolini to’la inkor qilib bo’lmaydi,
balki har ikkisining ham ma’lum darajada o’z o’rni bor. Lekin shaxs
taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim–tarbiya bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin