152
shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga
chiqadi. Demak, motiv — har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning
sababi (undov), sharti bo’lsa, ustanovka — ana shu harakat yoki faoliyatni
amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning
uch komponentli
tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent — ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent — ustanovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar);
V. Harakat komponenti — subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda
amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib,
vaziyatga
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish
lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan,
ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish
bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars
qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va
harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z
va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi.
Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu
narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi va ustanovkaga
aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham
biz ijtimoiy normalar va
sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga
yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining
samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko’p o’rganilgani
ustanovka masalasidir. Bu masalani gruzin psixologi D. N. Uznadze va uning
xodimlari ishlab chiqqan.
Ustanovka bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojni ma’lum usulda
qondirishga tayyor turish tushuniladi. Ko’rsatma berish shaxsning o’zi anglab
yetmagan bir holatdir. Bunday holatda shaxs biror ehtiyojini qondirishi mumkin
bo’lgan ma’lum faoliyatga tayyor turgan bo’ladi.
Kishining o’z maqsadiga erishish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklar
tufayli unda ishonchsizlik, umidsizlik holatlari hosil bo’ladi.
Buni frustrasiya
deyiladi.
Frustrasiya kishini tajang, tajovuzkor, qo’pol qilib qo’yishi yoki
aksincha uni yuvosh qilib qo’yishi mumkin. O’quvchilarga tarbiya berishda
frustrasiyani oldini olib, yengib bo’lmaydigan narsa yo’qligini, bu
qiyinchiliklar
vaqtincha ekanligini aytib, ishontirib ularda istiqbolni yaratish
kerak.
Dostları ilə paylaş: