220
Stresslarni betaraflashtirish usullari
Usulning nomi
Usulning qisqacha tavsifnomasi
Rejalashtirish
Shaxsiy yoki kasb hayotida ko’pgina muammolarni rejalashtirish
usuli yordamida ham qilish mumkin. O’z shaxsiy yoki xizmat
vazifalaringizni bilib olishga birmuncha vaqt ajrating. Ertangi
kun faoliyatingizni rejalashtirib qo’yish uchun ishda muayyan
soatlarni belgilab qo’ying. Bu faoliyat sizning shaxsiy
maqsadlaringiz va butun kompaniyaning maqsadlariga qanday
mos kelishini belgilang.
Jismoniy mashqlar
Muntazam bajarib boriladigan mashqlar inson sog’lig’i uchun
juda foydalidir. Ular salbiy energiyaning chiqib keimshm uchun
imkon tug’diradi, umumiy jismoniy holatga qulay ta’sir
ko’rsatadi.
Parhyez
Davomli stress vitaminlar yetishmasligiga, organizmning
zaiflashuviga, kasalliklarni kuchli Idrok qilishga shart-sharoit
yaratishi mumkin. Bundan tashqari, stress vaqtida normal
ovqatlanish rejimi buziladi, shuning uchun to’g’ri parhyezga
amal qilish muhimdir.
Psixoterapiya
Kasb mutaxassislari bilan intensiv ish olib borishda odatda
ishlatiladigan texnikalar juda xilma-xildir.
Psixologik tahlil
Bu psixoterapiyaning bir shakli bo’lib, unda normal bo’lmagan
xulq-atvorning ongsiz asoslari tadqiq etiladi.
Meditasiya va
bo’shashi
Uzoq Sharqdan keltirilgan ko’p sonli misollar: meditasiya, yoga,
dzen-buddizm va boshqa usullarni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: