214
Tasavvur xayol deb hozir yoki utmishda bo’lgan bo’lsada, lekin xali
bizning tajribamizda uchramagan va biz Idrok kilmagan narsa va xodisalar
tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan xayol turiga aytiladi.
Ukuvchilar bilimilarni uzlashtirishda tasavvur xayol obrazlaridan keng
foydalanadilar. Chunki ukituvchining tarix, geografiya, adabiyot materiallarini
gapirib, tasvirlab berishi asosida ukuvchilar u narsalarning obrazlarini kuz
oldilariga keltiradilar va uzlashtiradilar.
Ijodiy xayol deb bizning tajribamizda bo’lmagan va vokelikning uzida
ham uchramagan narsa va xodisalar hakida tasavvur va obrazlar yaratishdan
iborat bo’lgan xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol tufayli san’at, adabiyot,
texnika sohalarida yangiliklar yaratiladi. Chunki ijodiy xayol obrazlari
tamoman yangi, original obrazlar bo’ladi.
Ijodiy xayolning o’ziga xos xususiyati shundaki, avvalo yaratilayotgan
obraz haqiqatda yuk, biron yangi obraz bo’ladi. Sungra jamiyatning yoki shu
kishining ehtiyojlari shu obrazning yaratilishiga kishini ragbatlantiradi. Ijodiy
xayol suzlarda va moddiy narsalarda gavdalantiriladi. Orzu va shirin xayol
surishlar ijodiy xayolning Alohida turlaridir.
Orzu ijodiy xayolning kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Demak, u orkali
istikbol obrazlari yaratiladi.
Xayol uzining paydo bo’lishiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’ladi.
Ixtiyorsiz xayolda oldindan belgilangan maksad bo’lmaydi, unda iroda
faol ishtirok etmaydi, obrazlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi.
Ixtiyorsiz xayol avvalo shu paytda kondirilmagan ehtiyoj tufayli xosil
bo’ladi. Masalan, kishi chulu-biyobonda ketayotib kattik chankasa, uning kuz
oldiga vodaprovod, bo’lok, arik suvlarining obrazi kelaveradi.
Shirin xayol surish va orzu ham ixtiyorsiz vujudga keladi. Kechasi uxlab
yotgandagi tush ko’rish tufayli xilma-xil obrazlarning kuz oldimizga kelishi ham
ixtiyorsiz xayol materiallaridir.
Ixtiyoriy xayol surishda kishi oldiga kuygan maksadi asosida xayol surib,
ataylab obrazlar yaratadi. Masalan, yozuvchining yangi asar yaratishida surgan
xayollari ixtiyoriy xayoldir. Umuman olganda, san’at asarlarining barchasi
ixtiyoriy xayol natijasidir.
Ixtiyoriy xayol birovlarning turtkisi, topshirigi bilan ham vujudga kelishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: