45
rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning
ko’tishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi.
Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o’z xulq-atvorlarini,
qolaversa, o’zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga
moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko’p bo’lishi rollarning
ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o’qituvchisining o’zi
o’qitayotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan
kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota yoki ona, ham o’qituvchi
rolini bajarishga majbur bo’ladi. Yoki xulqi yomon o’quvchining uyiga kelgan
o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi, ham mehmon rollari o’rtasida
qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari ko’tishlar
tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi,
o’qituvchidan ma’lum harakatlarni ko’tishadiki, ular o’qituvchi roliga zid
bo’lmasligi kerak. O’z rollariga mos harakat qilgan, doimo me’yor mezonida
ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan,
o’qituvchining odobi, o’z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi,
ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish to’tishi
uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik
ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi
mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli
ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, Hech qanday ta’sir kuchiga
ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir.
Har bir pedagogning o’z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi. O’qituvchi
shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga anchagina o’yinchoqlar berib, shularning
ichida faqat bittasiga, qizil yog’och o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar
yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Juda ko’p bolalar
taqiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida
esa endi barcha o’yinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning
qopqog’ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu
bolalarning o’qituvchisi surati ilib qo’yishgan. Bu seriyada birinchisiga
qaraganda “ta’qiqni bo’zuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa
o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o’qituvchi obro’yining roli
haqida ham aytish lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan
guruhida o’z mavqyeiga va ta’siriga ega bo’ladi. Shaxs obro’yi uning boshqa
shaxslarga irodaviy va emosional ta’sir ko’rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki,
obro’ amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi —
shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining,
boshqa ijobiy xislatlarining uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ — ta’sir
ko’rsatishning eng muhim mezonidir.