57
Lekin, barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki,
amerikalik rahbarlar ko‘proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar
ko‘rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo‘lishi tarafdorlari bo‘lsalar,
yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari
samarasini oshiruvchi
sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar.
50-chi yillardan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda
ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin
ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina
barcha tadqiqotlarda muhim, deb
e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko‘p marta takrorlanganlariga:
a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish
qobiliyati, u o‘ta yuqori bo‘lmasligi, aksincha, o‘rtachadan yuqori bo‘lishi
kerakligi e’tirof etildi);
b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga
ehtiyojni anglash
qobiliyati va shunga mos motivlar).
KUCHLI RAHBARNING KUCHLI SIFATLARI:
Realistik tafakkur - muammolar, voqea-hodisalarni
real makon va vaqt
chegaralarida aniq tasavvur qilish va yechimlarini belgilay olish;
Bir vaqtning o‘zida bir qancha muammolar mohiyatini anglay bilish tajribani
yangi muammolar echimiga qarata bilish;
Jamoani
boshqarish, ishni aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday
ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish;
YUqoridagi uchta holatda o‘ta jonsaraklik va qat’iyatni namoyon qilish.
Dostları ilə paylaş: