215
ertaklarda ayrim kishilar xayol obrazlari tufayli buyi terakday, korni buchkaday,
beliga kirk gaz arkon yetmaydigan qilib tasvirlanadi.
Xayol natijasida buyumning faqat bir kismini kattalashtirish yoki
kichraytirish urg’u berish (aksentirovka) deb aytiladi. Bu ko’proq karikatura
asarlarida uchraydi.
Tipiklashtirish – bir qahramon obrazida butun bir gurux, sinf, millat
kishilarining eng xarakterli belgilari birga qo’shilib yaxlit tipik obrazda aks
ettiriladi.
Xayolning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u uzok-uzoklarga
parvoz qila oladi. Xayol obrazlari orkali biz uzoq o’tmishga nazar tashlab,
tarixiy vokealarni, tarixiy shaxslarni kuz oldimizga keltirishimiz yoki kelajakka
nazar tashlab, uz baxtli kelajagimizning obrazlari va ideallarini yaratishimiz
mumkin.
9 -amaliy mashg’ulot mavzusi: Emotsiya va iroda psixologiyasi.
Reja:
1. Emotsiya, his tuyg’u so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar
iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 5 daqiqa
2. Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlar
munozarasi (3x4 pedagogik texnologiya asosida) -20 daqiqa
3. Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash darajasini o’rganish testini
o’tkazish bo’yicha amaliy mashq -10 daqiqa
4. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. Sezgi va Idrok.
Sezgilarning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. Idrok to’g’risida
tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari. Xotira. Xotira to’g’risida
tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari (Kichik guruhlarda ishlash metodi
orqali) - 40 daqiqa
5. Darsga yakun yasash – 5 daqiqa
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma
materiallar
1. Emotsiya, his tuyg’u so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar
iboralar keladi (Aqliy xujum)
2. Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlar
munozarasi 3x4 pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta
kichik guruhlarga bo’linadi. Xar bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib,
uning yuqori qismiga Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati
haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar yozilgan qog’ozni
(soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi.
Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan to’ldirishi va keyingi guruhga
uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar bir qog’ozda 12 tadan fikrlar
mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib, guruxning bir
umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
216
3. Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash darajasini o’rganish uchun
testlar
Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash
KO’RSATMA: «Ayni paytda o’zingizni qanday his qilayotganingizga qarab
o’ngdagi raqamlardan birini belgilang»
1 O’zingizni erkin his qilayapsiz.
1 2 3 4
2 Asabiylashayapsiz
1 2 3 4
3 Asabiy zo’riqishni his qilayapsiz.
1 2 3 4
4 Mamnunsiz.
1 2 3 4
5 Tashvishdasiz.
1 2 3 4
Natijalarni qayta ishlash.
2 - nchi va 5 - nchi ta’kidlar ballari yig’indisidan 1, 3 va 4 - ta’kidlar
ballari yig’indisini ayrib tashlab, 15 sonini qo’shing hamda natijani 4-ga
ko’paytiring.
20—30 ball past darajadagi xavotirlanish;
31—45 ball o’rta darajadagi xavotirlanish;
46 va undan baland ball bo’lsa, yuqori darajadagi xavotirlanishni bildiradi.
4. Emosional xolatlar va ularning shakllari. Stress haqida tushuncha, uning
ijobiy va salbiy oqibatlari. Xis-tuyg’ular va ularning turlari. Irodaviy harakatlar
va irodaviy boshqarish.
Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga
quyidagi tarqatma materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar
tayyorlash topshiriladi. Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va xar bir gurux
taqdimoti uchun 4 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: