6
Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi")
makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi.
Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi
degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil
narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani
maydonga tashladi. U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida
aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar
hisoblanadi. Aristotel
tomonidan yoritilgan sezgilar, ularning turlari,
assosiasiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani
yo’q.
Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va medisina
sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari
haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib
berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Inson
tanasi mashinaga o’xshatiladi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi.
Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi
fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib "aks ettirish" degan ma’noni anglatadi)
xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi.
XIX -XX asrga kelib barcha fanlar sohasida (ayniqsa biologik va aniq
fanlar) erishilgan yutuqlar ta’siri
ostida psixologiya fanida, psixikani
tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi.
XIX - XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida
rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida, ayniqsa biologiya, sezgi organlari
fiziologiyasi,
psixofizika
va
psixofiziologiya,
oliy
nerv
faoliyati
fiziologiyasining
rivojlanishi, hamda psixologiyaga pedagogika, medisina,
ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to’rt bosqichga bo’lish
mumkin:
I. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil
avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz
voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar.
II. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida
XVII asrda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash,
his qilish, istaklarining namoyon
bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi
o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.
III. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda shakllangan bo’lib,
psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik
xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni
o’rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari
ostida yotgan motivlar
hisobga olinmagan.
IV. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani
psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq
fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.