O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev


RAHBARLIKKA LOYIQLIK MEZONLARI ASOSIDA LIDERLIKNING



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə45/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
psixologiya -fayllar.org

RAHBARLIKKA LOYIQLIK MEZONLARI ASOSIDA LIDERLIKNING 
VAZIFALARI:

lider - ma’mur;


lider - rejalashtiruvchi;
lider - siyosatchi;
lider - baholovchi ekspert;
lider - jamoning vakolatli vakili;
lider - rag‘batlantirish va jazolash tashabbuskori;
lider - hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi;
lider - namuna “Ota”;
lider - jamoaning ramzi - referent;
lider - individual mas’ullikni cheklovchi;
lider - dunyoqarashlar shakllantiruvchi;
lider - “Balogardon”.


58
RAHBARGA ZARUR BO‘LGAN TO‘RTTA “T” 

Ayrim psixologik manbalarda kuchli rahbar shaxsiga oid sifatlarni
umumlashtirib, unga to‘rtta “T” zarurligi haqida ham yozishadi. Bular -
Temperament
Toqatlilik (terpenie)
Talant
Tinimsiz mehnat (trudolyubie).
Tashabbuskorlikning muhimligi shubxasiz, lekin bu sifatning faqat
rahbarda bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar ham
bo‘lgan. Masalan, mashhur Deyl Karnegi kitobida tashabbusni yuqori
lavozimdagi shaxsda bo‘lishidan tashqari, uni xodimlarga bera olish muhimligi
xaqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha paytda jahonda yiliga bir
million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan.
SHunday shaxslardan Uolter Kraysler va CHarlz SHveblarning yutuqlari asosida
esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan, mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z
menedjeri SHvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. Bu haqda
SHvebning o‘zi shunday yozgan: “Men cho‘yan quyishda oddiy ishchidan
anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni
bilganman. Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish
qobiliyatidir. CHunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni
ruhlantiradi. SHaxsning or-nomusi, qadrini tushiradigan narsa - bu
mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish
ham rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining qabr toshiga quyidagi
so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan
ko‘ra aqlliroq insonlarni o‘ziga bo‘ysundira olgan odam yotibdi”. Demak, bu
so‘zlarning mohiyati ham oldingiday - odamdagi iqtidor va aql-zakovatni
qo‘llab-quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli
mehnatga olib keladi.
Ko‘plab tadqiqotchilar rahbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini
o‘rganish borasida tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman,
R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan boshqaruvning avtokratik, demokratik
hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda jahonning ko‘plab
olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining ham
ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u
yoki bu boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va
saviyalariga bog‘liq ekanligi ham e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan
ТALANT
Т”

ТEMPERAMENT


ТОQAT
TINIMSIZ
MEHNAT



59
tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning 68,6% i boshqaruvning


demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% -
direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar.
Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning
o‘zlari ham muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari
31-45% holatlarda ro‘y berar, qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv
uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. SHunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga
ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar soni ortib
borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan
odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham,
erkinlikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg‘unlashtirib olib
ketishi mumkin ekan.
Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy
sifatlariga va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy
boshqaruv sohasiga rahbarlarni tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni
aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur ma’ruzalar matnining ilova qismida
keltirilgan.
YUqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi
psixodiagnostik metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy
mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
SHuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir
qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
1. Professional bilimdonlik - o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini
mukammal yo‘lga quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim
va malakalarga ega bo‘lishlikdir.
2Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko‘nikmalari,
turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to‘g‘ri va tushunarli
tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati.
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til
topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish,
o‘zidagi liderlik sifatlarini to‘la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha
ko‘pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham
ishlatiladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin