O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 2,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix01.12.2023
ölçüsü2,88 Kb.
#170818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

Turizm
sayohatlarning bir turi bo‘lsa-da, biroq o‘ziga xos 
jihatlariga ko‘ra ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi 
shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz 
mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya 
olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va 
siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan soha hisoblanadi. Turizmbu 
turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik 
maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni sayyohning faoliyati 
va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil 
turistik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar 
tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati, asosan, bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday 
hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga 
ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida 
turistik faoliyat bilan faqat badavlat kishilargina shug‘ullanishgan. 
Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va 
jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistik safarlarga borishga 
sarflamoqdalar.


Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga 
borib shaklangan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda 
rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat 
munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini 
oldi. Bugungi kunda turizm jahon miqyosidagi iqtisodiyotning juda 
kuchli tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 
10 % ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, 
asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik 
biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab 
aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda turizm 
ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. Butunjahon Turistik Tashkiloti 
(BTT)ning baholashiga ko‘ra, turistik servisi rivojlangan shaharga 
tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida 
sarflaydi, ya’ni bir sutkada shaharga har bir turist tomonidan 200 
AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Agar misollar bilan 
taqqoslaydigan bo‘lsak, bu miqdordagi foydani olish uchun hatto 
rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 
2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistik zaxiralariga 
ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va 
keng sayyohlar ommasi uchun ochiq emasligini ham hisobga olish 
lozim. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, 


mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining rivojlanishi kabilar 
muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga 
turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarning ham rivojlanishiga sabab 
bo‘ladi. Bundan tashqari, turizmning rivojlanishi yana bir katta 
muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar 
turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan 
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi o‘rinlarining 
ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mahalliy mintaqalarning 
rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarni, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik 
mahsulotlarini sotishga yordam beradi.
2- jadval

Yüklə 2,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin