O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Oldingi g‘ildiraklarni yetaklovchi avtomobillarning



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
True

4.14. Oldingi g‘ildiraklarni yetaklovchi avtomobillarning 
boshqarish xususiyatlari
Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi bilan avtomobillarning 
sifati, shu jumladan, ularning yo‘lda o‘zini tutish xususiyatlari 
o‘zga 
radi. Oldingi g‘ildiraklari yetakchi avtomobillarning yo‘l-
da o‘zini tutishi orqa g‘ildiraklari yetakchi avtomobillardan tubdan 
farq qiladi, ayniqsa, sirpanchiq yo‘llarda. Shuning uchun haydov-
chilar dan avtomobil boshqa rishning o‘zgacha usullarini qo‘llashni 
taqozo etadi. Bu oldingi g‘ildiraklarda tortish kuchining mavjudligi 
va avtomobil umumiy og‘irligining sezilarli qismi to‘g‘ri kelishi 
bilan bog‘liq, bunday xususiyatlar avtomobilning yetarli bo‘lmagan 
boshqaruvchanlik xususiyatining ancha oshishiga sabab bo‘ladi. 
Burovchi moment va vertikal yuk bilan yuklangan shina yonlama 
kuch ta’sirida toyishga yomon qarshilik ko‘rsatadi. To‘g‘ri yo‘lda 
harakatlanganda, hatto yo‘l sirpanchiq bo‘lganda ham, avtomobil 
yon tomonga surilmasdan harakatlanadi. Bunga yetak 
lovchi 


53
g‘ildiraklarga qo‘yilgan burovchi moment va avtomobilning oldingi 
qismini dvigatel bilan yaxshi yuklanganligi sababchidir.
To‘g‘ri yo‘ldan burilishga kirishdan oldin tezlikni ancha 
kamaytirish lozim. Burilishga kirgandan keyin tezlik kamaytirilsa, 
avtomobilning yon tomonga surilishi tezda oshib ketadi va uni 
rul chambaragini burish bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Gap shundaki
tezlikni kamaytirish uchun drossel zaslonkasini yopish amalda 
dvigatel orqali tormozlash demakdir. Bundan tashqa ri, avtomobil 
massasining qayta taqsimlanishi natijasida orqa g‘ildiraklar ning yuki 
kamayishi hisobidan ularning yon tomonga surilishi keskin oshib, 
avtomobilni vertikal o‘q atrofida aylantirishi mumkin. Shuning uchun 
haydovchi burilishga kirishdan oldin tezlikni kamaytirishi kerakligini 
unutmasligi zarur. Mabodo burilish paytida yon tomonga surilish 
vujudga kelganda, tezlikni kamaytirmasdan, surilish tomonga rul 
chambaragini burib, surilish 
ning oldini olish mumkin. Ikkinchi 
usulda avtomobil tezligini avvalgisidan biroz oshirilsa, oldingi 
g‘ildiraklar orqa g‘ildiraklarni «tortib», surilishdan olib chiqadi. 
Bunda rul chambaragini burishga ehtiyoj qolmaydi. Mabodo surilish 
juda katta bo‘lsa, tezlikni oshirish bilan birga surilish tomonga 
rul chambaragini burish kerak. Burilishda tezlikni oshirishda 
juda ehtiyot bo‘lish kerak, agar oldingi yetaklovchi g‘ildiraklarga 
qo‘yilgan tortish kuchi, g‘ildirakning yo‘l bilan tishlanish kuchidan 
oshsa, oldingi g‘ildirakning markazdan qochma kuch ta’sirida yonga 
surilishi boshlanadi, bunda avtomobil haydovchi bergan burilish 
yo‘nalishidan kattaroq trayektoriyada harakat qiladi. Haydovchining 
bunda rul chambaragini burib, yo‘nalishini to‘g‘rilashga urinishi 
natija bermaydi. Chunki g‘ildiraklar yo‘l bilan tishlashmaganligi 
sababli avtomobil yo‘nalishiga ta’sir eta olmaydi. G‘ildiraklar bilan 
yo‘l orasida tishlanish kuchini tiklash uchun drossel zaslonkasini 
biroz yopish kifoya. Yuqorida bayon etilganlarga asosan, oldingi 
g‘ildiraklarni yetaklovchi avtomobil haydov 
chisiga quyidagilarni 
tavsiya etish mumkin. Birinchidan, to‘g‘ri yo‘lda harakatlanganda 
avtomobil tezligini taxminiy emas, spidometr ko‘rsatishi bo‘yicha 
nazorat qilish, ikkinchidan, burilishga yaqinlashgan sari tezlikni shu 
darajada kamaytirish kerakki, toki zarurat bo‘lganda uni oshirish, 
g‘ildirak bilan yo‘l orasidagi tishlashish kuchidan tortish kuchini 
oshirmasin. Uchinchidan, yonlama surilish vujudga kelganda 


54
drosselni yopmasdan harakat yo‘nalishini rul chambaragi yoki tortish 
kuchini oshirish bilan to‘g‘rilash. To‘rtinchidan, oldingi g‘ildirak 
yonga surilganda drossel zaslonkasi yoki rul chambaragi bilan keskin 
harakatlar qilmasdan, ko‘rib o‘tgan usullardan birini qo‘llang.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin