48
Ular qancha past bo‘lsa, avtomobilning pastki nuqtalari ularga
tegmasdan o‘ta olish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi.
31-rasm
. Avtomobil o‘tuvchanligining
geometrik ko‘rsatkichlari:
ρ
pr
va ρ
pop
– o‘tuvchanlikning bo‘ylama va
ko‘ndalang radiuslari; α va β
– oldingi va
orqadagi
osilish burchaklari;
l
p
,
l
z
– oldingi va
orqadagi osilish masofalari;
h
– avtomobilning
eng pastki nuqtasi bilan yo‘l oralig‘i;
R
u
– yonlama kuch.
ρ
pop
ρ
pr
R
u
l
z
l
p
Oldingi va orqadagi osilish burchaklari yo‘l yuzasi va oldingi yoki
orqa g‘ildiraklar va avtomobilning oldi yoki
orqasidan osilib turgan
qismining eng past nuqtasidan o‘tkazilgan urunma orasidagi burchak.
Avtomobil o‘ta olishi mumkin bo‘lgan ostonaning eng balandligi
yetaklanuvchi g‘ildiraklar uchun g‘ildirakning 0,35
–
0,65 radiusiga
teng. Yetaklovchi g‘ildiraklar uchun g‘ildiraklar radiu siga teng bo‘lishi
mumkin, ayrim hollarda, ostonadan o‘tolmaslikka avtomobilning
tortish imkoniyati yoki yo‘l bilan tishlanish sifati sabab bo‘lmasdan,
balki osilish burchagining kichikligi yoki eng past nuqtaning yo‘lga
tegishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, osilish (sves) burchagi
kichik bo‘lgan shahar va shahar atrofi avtobuslari
uchun xarakterli
(LiAZ-677, Ikarus-255). O‘tish uchun kerak bo‘lgan eng kam kenglik
avtomobilning kichik radiusda burilishini baholaydi, masalan, kar yer-
lardagi yuklash maydonchalarida shunday bo‘lishi mumkin.
Gorizontal tekislikda avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartira
olishi, alohida undan foydalanish xususiyati sifatida qaralishi
mumkin. Tirkama yoki yarim tirkama bilan
harakatlanganda
49
avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirish ko‘rsatkichi yomon-
lashadi, chunki avtopoyezd burilishida tirkama burilish markaziga
qarab siljiydi. Shuning uchun avtopoyezd harakatlanish bo‘lagining
keng ligi yakka avtomobilnikidan katta bo‘ladi. O‘tuvchanlikning
tayanch-tishlanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi.
Maksimal tortish kuchi, past uzatmada, avtomobil hosil qilish
mumkin bo‘lgan eng katta tortish kuchi. Tishlashish og‘irligi
avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklarga to‘g‘ri keladigan og‘irlik
kuchi. Tishlashish og‘irligi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘tuvchanlik shuncha
yuqori bo‘ladi.
Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal
yukning kontakt yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich avtomobil o‘tuvchanligi
uchun katta ahamiyatga
ega. Nisbiy bosim qancha kam bo‘lsa, tuproq shuncha kam yemirila-
di, g‘ildirak izining chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, g‘ildirash qa-
rshiligi kamayib avtomobilning o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Izning izga tushish koeffitsiyenti, oldingi g‘ildirak izining orqa
g‘ildirak iziga nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari
to‘la mos tushganda, orqa g‘ildirak oldingi g‘ildirak
izidan yurgani
uchun dumalash qarshiligi eng kam bo‘ladi. Oldingi va orqa g‘ildirak
izlari mos tushmaganda, oldingi g‘ildirak qoldirgan iz devorlarni orqa
g‘ildirak yemirishi uchun qo‘shimcha energiya sarflanadi. Shuning
uchun yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o‘qiga yakka
shina o‘rnatiladi va shu bilan g‘ildirash qarshiligi kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: