Tarixiy haqiqat izidan: Amir Temur nega Shahrisabzda dafn etilmagan?



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə1/3
tarix24.11.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#70328
  1   2   3
Amir Temur qabri


Tarixiy haqiqat izidan: Amir Temur nega Shahrisabzda dafn etilmagan?

Foto: KUN.UZ


O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zining boy tarixini, milliy qadriyatlarini o‘rganishga yanada e'tibor qaratdi, ularni jahon hamjamiyatiga yanada yaqindan tanishtirish maqsadida mamlakat hududida joylashgan tarixiy obidalarni tiklashga, tarixiy shaxslarning hayot va ijod yo‘llari yanada chuqur o‘rganishga kirishildi.
Jumladan, sohibqiron Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar, hamonki, nafaqat o‘zbekistonlik, balki dunyo olimlarini ham qiziqtirib kelmoqda. Amir Temur siymosi bilan chambarchas bog‘langan turli afsonalar, bugun real hayotda o‘z haqiqatini topmoqda. Ana shunday tarixiy jumboqlardan biri Sohibqironning o‘z ona vatani Kesh shahrida o‘zi uchun qurdirgan dahmasidir. Ammo Amir Temur vafotidan keyin u yerga dafn etilmagan? Xo‘sh, nega?
Maqbaraning qurilishi
Ma'lumotlarga ko‘ra, Amir Temur Shahrisabzda bo‘lib turgan kezlarida me'mor va muhandislarni chaqirtirib, o‘g‘li Jahongir Mirzo maqbarasidan o‘ttiz-qirq qadam narida o‘zi uchun mo‘ljallangan maqbara loyihasini tayyorlashni buyuradi, loyiha bo‘yicha o‘z ko‘rsatma va maslahatlarini beradi. Loyiha tayyor bo‘lgach, uni ko‘zdan kechirgan Sohibqiron tegishli o‘zgartirishlar ham kiritib, maqbara qurilishini darhol boshlashga amru-farmon beradi. Qurilish ishlari 1394 yilda boshlanadi.

Buyuk sarkarda harbiy yurishlardan qaytishda, albatta, Shahrisabzga kirib o‘tib, maqbara qurilishi borishidan xabardor bo‘lib turadi. Ammo ko‘rkamlikda shahardagi boshqa mahobatli binolardan qolishmaydigan maqbara bitmay qoladi. Buning ustiga Xitoyga yurish qilgan sarkardaning to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, o‘sha yurish paytida vafot etadi. Uning jasadini shoshilinch ravishda Samarqandga olib kelishadi.
Nega Samarqand, Shahrisabz emas?
Amir Temur nega o‘zi uchun qurdirgan sag‘ana qolib, Samarqandda nabirasi – Muhammad Sulton yotgan maqbaraga dafn etildi? Bunga bir necha sabablar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, Soxibqiron vafot etgach, olti kundan keyin tuproqqa qo‘yildi, besh kuni esa O‘trordan poytaxtgacha yo‘l bosishga ketdi. O‘sha yil qish qattiq keldi. Taxtiqoracha dovonini ham qalin qor bosgan edi. Bunday sharoitda Sohibqironning jasadi qo‘yilgan tobutni Shahrisabzga eltish uchun yana bir-ikki kun zarur edi. Islom shariati esa mayyitni tezroq qabrga qo‘yishni taqozo qilardi. Bularga qo‘shimcha Sharafiddin Ali Yazdiyning dushmanlar xabar topmasinlar deb Sohibqironning vafot etganligini yashirdilar, deb yozganini ham yana bir bor eslash kerak. Amir Temurning jasadini shuncha uzoq yo‘ldan izg‘irinli qish sharoitida Samarqandga olib kelish va dafn qilishgacha bo‘lgan barcha ishlar o‘ta maxfiy qilinganligi sababi ham shundan bo‘lsa ajab emas.
Ikkinchidan, Samarqand Amir Temur asos solgan ulkan saltanat poytaxti edi. Bobokalonimiz poytaxtda bir-biridan chiroyli binolar qurdirdi, bog‘lar barpo etdi. Samarqandni dunyoning eng go‘zal va obod shaharlardan biriga aylantirish uchun ko‘p kuch-g‘ayrat sarfladi. Sohibqironning Samarqandda dafn etilishi, uning jahonaro nufuzi, obro‘-e'tiborining oshishiga ham xizmat qilardi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin