AMALIY DASTURIY PAKETLAR Ma’ruzachi: KT tizimlari kafedrasi katta o’qituvchisi Yusupov R.A.
Ma’ruza: 30 soat
Amaliy ish: 30 soat
Laboratoriya ishi: 30 soat
Mustaqil ish: 90 soat
Jami: 180 soat
Kredit: 6
1-Ma’ruza: Amaliy dasturiy paketlar faniga kirish. Fanning asosiy maqsadi va vazifasi. EHM va DT haqida umumiy tushunchalar REJA: Kursning maqsadi va vazifalari, uning texnik tizimlarni avtomatlashtirish va boshqarish sohasidagi muhandislarni tayyorlashdagi o’rni. Amaliy dasturlar klassifikatsiyasi. ADPni rivojlanishining asosiy bosqichlari, hozirgi holati. Hisoblash texnikasini ekspluatatsiya qilish. Amaliy dasturiy ta’minotni rivojlantirish istiqbollari. Matematik hisoblar dastur obzori, ularning imkoniyatlari va xususiyatlari. "Amaliy dasturiy paketlat" predmeti muhandislar, tizimlarni avtomatlashtirish va boshqarishni modellashtirish, loyihalashda foydalaniladigan amaliy dasturlarni ishlash prinsiplari va nazariyasini o’rganishda asosiy tayyorgarlikni ta’minlaydi.
Bu talabalarni ixtisoslashtirilgan mutaxassisliklarini rivojlantirishga, boshqarish nazariyasini, avtomatlashtirish elementlari va qurilmalarni o’rganish, optimal (maqbul) va moslashuvchan tizimlarni o’rganishga tayyorlaydi.
Talabalar fanni o’qish jarayonida quyidagi natijalarni bilish talab etiladi:
- amaliy axborot tizimlarini yaratish tamoyillarini bilish;
- har xil ma’lumotlarni qayta ishlash uchun zamonaviy dasturiy vositalardan foydalana olishi;
- ichki qurilgan dasturlash tillari yordamida amaliy masalalarni yechish jarayonini avtomatlashtira olishi;
- amaliy dasturiy ta’minot bozorining bugungi holati va yo’nalishlari haqida tushunchalarga ega bo’lishi.
2. Amaliy dasturlar klassifikatsiyasi. ADPni rivojlanishining asosiy bosqichlari, hozirgi holati. Amaliy dasturlarni tasniflash xususiyatlarini ko’rib chiqishdan oldin biz aniq va izchil tasniflash modelini yaratishga yordam beradigan bir necha asosiy tushunchalar va ta’riflarni qaraymiz.