Amaliy dasturiy


Matematik hisoblar dasturlari, ularning qobiliyatlari va xususiyatlari



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə4/4
tarix20.01.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#79798
1   2   3   4
1-ma\'ruza

4. Matematik hisoblar dasturlari, ularning qobiliyatlari va xususiyatlari
Muhandislik loyihalash sohasi uchta asosiy bo’limlarga ajratiladi:
CAD – Computer Aided Design;
CAM – Computer Aided Manufacturing;
CAE – Computer Aided Engeneering.
Bugungi kunda jiddiy loyiha САПР, ishlab chiqarish va hisob-kitoblarsiz amalga oshib bo’lmaydi. Matematik paketlar esa CAE-tizimlari dunyosining ajralmas qismi hisoblanadi, ammo bu qism xech qachon ikkinchi darajali hisoblanmaydi, chunki umuman olganda ba’zi masalalarni kompyuter yordamisiz yechib bo’lmaydi.
Zamonaviy matematik paketlardan odatdagi kalkulyator sifatida, grafik yoki xatto ovozlarni generatsiya kabi, ba’zi bir masalalarni yechishda ifodalarni soddalashtirish uchun muhit kabi foydalanish mumkin!
Bugun deyarli barcha zamonaviy CAE-dasturlar belgili hisoblarning o’rnatilgan funksiyalariga ega. Ammo matematik belgili hisoblashlar uchun eng taniqli va moslashuvchanlar Maple, MathCad, Mathematica va MatLab hisoblanadi.
Bunday tizimlar tomonidan yechiladigan masalalar doirasi judayam keng:
- hisoblash va analitik formulalarni talab qiladigan matematik tadqiqotlarni o’tkazish;
- algoritmlarni ishlab chiqish va tahlil qilish;
- matematik modellashtirish va kompyuter eksperimenti;
- ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish;
- vizualizatsiya, ilmiy va muhandislik grafikalari;
- grafik va hisob-kitob dasturlarini ishlab chiqish.
CAE-tizimlarida asosiy hisoblashlar bo’yicha operatorlar mavjudligi sababli, standart funksiyalarga ega bo’lmagan deyarli barcha algoritmlarni o’z dasturini yozish orqali amalga oshirish mumkin.
Amaliy dasturiy paket – bu tegishli dasturlar majmui bo’lib, biron bir sohaga oid bo’lgan masalalarni yechishga mo’ljallangan dastur yoki dastrular majmui hisoblanadi.
Bu turdagi dasturiy paketlar odatda, tayyor holatdagi dasturiy mahsulat hisoblanadi va turli sohalardagi ma’lumotlarni tezkor va samarali qayta ishlash imkonini beradi.
Misol uchun: Matematik va statistik amallarni bajarish va ma’lumotlarni qayta ishlash, matn muharrirlari, internet brauzerlar, obyektlar grafik ko’rinishini ifodalash, tasvirlarni qayta ishlash
Amaliy dasturiy paketlar (ADP) nima?
Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin