Amaliy dasturiy


Hisoblash texnikasini ekspluatatsiya qilish. Amaliy dasturiy ta’minotni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə3/4
tarix20.01.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#79798
1   2   3   4
1-ma\'ruza

3. Hisoblash texnikasini ekspluatatsiya qilish. Amaliy dasturiy ta’minotni rivojlantirish istiqbollari.
Amaliy dasturiy ta’minotni rivojlantirish istiqbollari
Bugun ADPning funksional imkoniyatlariga va ularning rivojlanishining murakkabligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
- shaxsiy kompyuterlar unumdorligini oshirish;
- yechiladigan masalalar sinflarini kengaytirish;
- foydalanuvchilarning umumiy sonini ko’paytirish;
- oldindan yaratilgan (meros qilib olingan) dasturiy ta’minotning sezilarli miqdori;
- Internet va korporativ tarmoqlarni rivojlantirish.
Ushbu omillarga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish dasturiy paketlar va ularning xususiyatlariga ko’ra to’rtinchi avlod ADP dan tashqarida bo’lgan integral muhitlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Yangi avlod dasturiy ta’minotning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- amaliy paketning komponentlari nafaqat paket ilovalar bilan, balki atrofidagilari bilan ham integratsiyalashuvi;
- soha standartlaridan keng foydalanish;
- Internet-infratuzilmadan foydalanish;
- platformaga bog’liq bo’lmagamligi.
Internetning keng tarqalganligi sababli, aytish mumkinki, amaliy dasturiy ta’minot xizmat ko’rsatish toifasiga kirdi, ya’ni foydalanuvchilar tarmoq orqali kerakli dasturiy ta’minot bilan ishlashini ta’minlaydi. Bunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi texnologiyalar dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi va standartlashtirish bo’yicha etakchi tashkilotlarning qator qo’shma loyihalariga asoslangan. Ularga xizmatga-yo’naltirilgan arxitektura, korporativ ilovalar (veb-xizmatlar) va standartlashtirilgan hujjat formatlari taaluqlidir.
ADPni rivojlantirishdagi istiqbolli yo’nalishlar ochiq standartlarga asoslangan yagona hujjat formatidan foydalanish hisoblanadi. Ochiq standart – foydalanish bo’yicha litsenziyalash cheklovlaridan ozod etilgan ochiq murojaatli spetsifikatsiyadir. APD-da ochiq formatlardan foydalanish litsenziya huquqlariga va texnik spetsifikatsiyalarga qaramasdan har qanday mos keladigan dasturlardan ma’lumotlarga murojaat qilish imkoniyatini kafolatlaydi.

Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin