aniqlangan muayyan masalarni yechishga mo’ljallangan va EHM tashuvchilarida saqlanayotgan, dasturlar va ma’lumotlar majmuidir.
Dastur
hisoblash mashinaning boshqarish qurilmasida bajarishga mo’ljallangan va ba’zi masalalarning hal qilishni algoritmini ifodalovchi rasmiylashtirilgan ko’rsatmalar ketma-ketligidir.
Amaliy dasturiy ta’minot
oxirgi foydalanuvchiga yo’naltirilgan va foydalanuvchi masalalarini yechishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot.
Amaliy DT quyidagilardan iborat:
foydalanuvchilarning turli masalalarini yechish uchun mo’ljallangan alohida amaliy dasturlar va amaliy dasturlar paketlari;
ushbu paketlarga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimlar.
Dasturiy ta’minotni klassifikatsiyalash U yoki bu dastur yo’naltirilgan ATining tavsiflash darajasida ishlatilayotgan mezonlar sifatida belgilanishiga ko’ra dasturiy ta’minot klassifikatsiyalanadi.
Shunga mos ravishda, dasturiy ta’minot quyidagi sinflarga ajraladi:
1. Tizimli dasturiy ta’minot;
2. Instrumental dasturiy ta’minot;
3. Amaliy dasturiy ta’minot.
Integratsiya darajasiga qarab, ko’plab amaliy dasturiy vositalar quyidagi shaklda tasniflanadi:
- alohida amaliy dasturlar;
- amaliy dasturlar kutubxonalari;
- amaliy dasturiy paketlar;
- integrallashgan dasturiy tizimlar.
–
qoida bo’yicha, ba’zi bir yuqori darajali dasturlash tilida (Paskal, BASIC, va boshqalar) yoziladi va muayyan amaliy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan
Alohida amaliy dasturlar
o’zida, har biri ba’zi amaliy masalarni yechadigan yoki aniqlangan yordamchi vazifalarni bajaradigan (xotirani boshqarish, tashqi qurilmalar bilan almashish va hokazo) alohida dasturlar to’plamini tavsiflaydi. Shartli ravishda ularni umumiy maqsadlarga mo’ljallangan kutubxonalarga va maxsus kutubxonalarga bo’lish mumkin
Kutubxona
bu muayyan sinf masalalarini yechishga yo’naltirilgan o’zaro munosabatdagi dasturlar kompleksidir
Amaliy dasturlar paketi (ADP)
bu elementlari turli dasturiy paketlar va kutubxonalar hisoblanadigan dasturlar kompleksidir
Integrallashgan dasturiy tizimlar Amaliy dasturlar paketi tushunchasi ADP – bu muayyan predmet soxasida aniqlangan masalalar sinfini yechish uchun o’zaro bog’liq bo’lgan dasturlar kompleksidir. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning hozirgi bosqichida aynan ADP dasturiy ta’minotning eng mashhur turi hisoblanadi.
masalalar sinfini yechishga yo’naltirilgan
til vositalarining mavjudligi
paket komponentlari bilan ishlashning bir xilligi.
Rivojlanishning asosiy bosqichlari, zamonaviy holatlariga umumiy nuqtai nazar Zamonaviy paket maxsus tizim va til vositalari qo’shilgan murakkab dasturiy tizimlar hisoblanadi. Hisoblash ADPning qisqacha rivojlanish tarixiga nisbatan paketlarni 4 ta asosiy avlodga (sinf) ajratish mumkin. Ushbu sinflarning har biri ADP tarkibiga kirgan – kirish tillarini, predmet va tizimli ta’minot kabi komponentlarning aniq xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Birinchi avlod
Bu avlod ADPlarida kirish dasturlash tillari sifatida universal dasturlash tillari (Fortran, Algol-60 ...) yoki OTlarga mos vazifalarni boshqarish tillari ishlatilgan. Kirish tillarining muammoli yo’naltirilganligi identifikatorlarda mos keladigan mnemonika tufayli erishildi. Bunday tilda topshiriqlarni tuzish amalyotda algoritmik tillarda yozilgan dasturlardan farq qilmagan
Ikkinchi avlod
Bu avlod ADP ni ishlab chiqish allaqachon universal dasturlash tillariga asoslangan maxsuslashtirilgan kirish tillarini tadbiq etish bilan amalga oshirildi. Bunday tillarni muammoga yo’naltirish nafaqat muayyan mnemonikalarni qo’llash orqali erishilgan, balki muammoni shakllantirishni soddalashtiradigan va undan sezgir bo’lgan tegishli til tuzilmalari yordamida erishildi. Bunday tilning translyatori o’zida algoritmik tilga mos keladigan translyatordagi preprotsessor (ko’pincha mikroprotsessor) ni tavsiflaydi.
Uchinchi avlod
ADPni rivojlantirishning uchinchi bosqichi dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilarga mo’ljallangan mustaqil kirish tillarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunday ADPlarda asosiy e’tibor oddiylik va qulaylikni ta’minlaydigan tizim komponentlariga bo’ladi. Bunga asosan kirish tillarining ixtisoslashuvi va hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan rejalashtirish uchun paketlar to’plamiga kiritilishi tufayli erishiladi
To’rtinchi avlod
To’rtinchi bosqich, interaktiv rejimda ishlaydigan ADPni yaratish bilan tavsiflanadi. EHM bilan muloqotning asosiy ustunligi – bu masalani qo’yish, uni yechish va olingan natijalarni tahlil qilish jarayonida foydalanuvchi bilan faol teskari aloqaning mavjudligi hisoblanadi