41
4.9. Avtomobilning tormozlash xususiyati
Avtomobilning tormozlash xususiyatlari deganda,
haydovchi
xohishi bilan avtomobilning harakatlanish tezligini pasaytirish
zarur bo‘lganda tezda to‘xtatish va nishablik joylarida to‘xtatib
turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha
tormoz tizimlari bilan ta’minlanadi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanish vaqtida
doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, uning yordamida haydov-
chi avtomobil tezligini u yoki bu darajada sekinlatishi yoki to‘xta ti-
shi mumkin. Barcha turdagi avtomobil va mototsikl lar ishchi tormoz
tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi tormoz tizimining boshqa rish organi,
odatda, tormoz pedali hisoblanadi. Nogironlarga mo‘ljallan
gan
avtomobillarda pedal dasta bilan almashtirilishi mumkin.
Ehtiyot tormoz tizimi, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda
avtomobilni sekinlatish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. KamAZ
avtomobillaridagi ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab
turish tormozi bilan
konstruktiv birlashtirilgan.
Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi
hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan
shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan ba’zi bir yuk
avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi.
Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi,
u ulanganda dviga-
telda yonilg‘i uzatish to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlarida
to‘sgich (zaslonka) yopilib, tirsakli valning aylanishiga to‘sqinlikni
vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda
dviga tel bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordam chi tormoz tizimi-
dan
surunkali nishabliklarda, ishchi tormoz mexaniz mining qizishi
va yeyilishining oldini olish uchun foydalaniladi. Yordamchi tormoz
tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi.
To‘xtab turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilning o‘z-
o‘zidan yurib ketishi oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim
ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va mexanikaviy po‘lat
arqon yuritmali yoki prujinali energoakkumulatorli bo‘ladi. To‘xtab
turish tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi. Oxirgi
paytlarda yon aravachali mototsikllar ham to‘xtab turish tormozi
bilan jihozlanmoqda.
42
Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda,
to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi.
Bu – yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir.
Istisno tariqasida,
boshqa iloj qolmaganda karburatorli avtomobillarda bu usulni qo‘l-
lash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror
sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmay di.
Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man
etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani
ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan.
Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan
(favqulodda).
Xizmat
yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning tezligini pasay-
tirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo
bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori
intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan
baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash
yo‘li hisoblanadi.
Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv
qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi.
Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda, quruq asfaltga
qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning
uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida
u yoki bu tormoz
xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan
sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yonilg‘i to‘la
quyilgan, birga yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal
yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi.
Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus
pribor-desslerometr qo‘llaniladi.
Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan to u
to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb, to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xta-
guncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.