4.6. Avtomobilga havoning qarshilik kuchi Avtomobilning harakatiga havo ham qarshilik qiladi, uni
yengish uchun dvigatel quvvatining bir qismi sarf bo‘ladi. Agar
shamol avtomobil harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalgan bo‘lsa,
37
havo qarshiligi yana ham kattalashadi. Havoning avtomobilga
qarshiligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
1) harakat davrida avtomobilning orqa va old qismida havo
bosimining har xilligi natijasida peshtoqda hosil bo‘ladigan qarshilik
umumiy qarshilikning 55
– 60 % ini tashkil etadi;
2) avtomobilning qanoti, zinapoyasi, raqami va boshqalarning
qarshiligi (12
– 18 % ni tashkil etadi);
3) havoning radiator orqali kapot tagidan o‘tib ko‘rsatadigan
qarshiligi (10
– 15 % ni tashkil etadi);
4) avtomobil kuzovining havoga ishqalanish qarshiligi
(8
– 10 % ni tashkil etadi);
5) avtomobilning yuqori va pastki qismidagi bosimning har
xilligi tufayli sodir bo‘ladigan qarshilik (5
– 8 % ni tashkil etadi).
Havoning qarshilik kuchi avtomobilning har xil nuqtalariga
tushganligi sababli, uni aniq hisoblash qiyin. Ta’sir etuvchi
elementar qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi avtomobilga
havoning qarshilik kuchi P
v
deb ataladi. P
v
kuch qo‘yilgan
nuqtani yelkanlik markazi deyiladi. Bu nuqta yo‘l tekisligidan h
v
balandlikda bo‘ladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchi quyidagi empirik
formuladan topiladi:
P v = K F u
2
a ,
bu yerda:
K – havo qarshiligini yengish koeffitsiyenti;
F – avtomo-
bilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi.
Havo qarshiligini yengish koeffitsiyenti
K 1 m/s tezlik bilan,
harakatlanuvchi avtomobilning 1 m
2
yuzasiga havoning qarshilik
kuchi bilan aniqlanadi.
Avtomobilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi
F deb,
avtomobilning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar tekislikka
tushirilgan proyeksiyasiga aytiladi. Bu yuzani aniqlash murakkab
bo‘lganidan, uning qiymati yuk mashinalari va avtobuslar uchun
quyi dagicha hisoblanadi:
F = B · H a ,
m 2
,
yengil avtomobillar uchun esa
38
F = 0,78 · V
a
· N
a
m
2
,
bu yerda:
N a – avtomobilning balandligi;
V – ikki g‘ildirak orasidagi
masofa (koleyasi);
V a – avtomobilning eni.
W = K · F
ifoda havo qarshiligini yengish faktori deyiladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchini aniqlashda zarur
bo‘ladigan koeffitsiyent qiymatlari jadvalda berilgan.