O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 G‘ildirak radiuslari, unga ta’sir etuvchi kuch va momentlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
True

4.3. G‘ildirak radiuslari, unga ta’sir etuvchi kuch va momentlar
Pnevmatik shinali g‘ildirak avtomobilni harakatlantiruvchi va 
yo‘l bilan bog‘lovchi qismi hisoblanadi. G‘ildirak radiusi shinaga 
ta’sir etuvchi kuchlarning ta’siriga qarab uch xil bo‘ladi:
1. Statik radius 
r
st
aniqlanganda shina damlangan bo‘lib, unga 
vertikal og‘irlik kuchi ta’sir etadi va g‘ildirakning markazidan 
yergacha bo‘lgan masofa bilan yoki quyidagi formuladan topiladi:
r
st 
= 0,5d + V
sh
λ
sh
,
bu yerda: λ
sh
– g‘ildirakning vertikal elastiklik koeffitsiyenti
V
sh
– shina profilining kengligi.
Standart yengil avtomobillar shinalari uchun
λ
sh
= 0,84...0,88; 
yuk avtomobillari shinalari uchun λ
sh
= 0,89...0,9.
2. Dinamik radius 
r
d
– g‘ildirakka kuch va momentlar ta’sir 
etayotganda o‘lchangan oniy radius.
3. G‘ildirash radiusi 
r
k
deb, g‘ildirak o‘qi chiziqli tezligining 
uning burchak tezligiga nisbatiga aytiladi. G‘ildirash radiusi, 
odatda, eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi. Buning uchun 
g‘ildirakning bir nechta to‘liq aylanishida 
n
k
bosib o‘tgan yo‘li S 
aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi:
r
k
= S/(2π
n

)
G‘ildirakning statik, dinamik va g‘ildirash radiuslari unga ta’sir 
etuvchi vertikal yuklama hamda shinadagi havoning bosimiga 
bog‘liq. Bundan tashqari, dinamik radius avtomobilning tezligiga 
va g‘ildirakka uzatilayotgan burovchi momentga bog‘liq bo‘ladi. 
Tezlik oshishi bilan u kattalashadi, dvigateldan kelayotgan burovchi 
moment kamayishi bilan kichiklashadi.
Quruq qattiq qoplamali yo‘llarda yetakchi g‘ildiraklarning 
sirpanishi va radiusining o‘zgarishi juda kichik bo‘lganligi uchun 
r
st

r
d
va 
r
k
radiuslari qiymatlari bir xil qabul qilinadi va 
r
harfi 
bilan belgilanadi.
Avtomobil harakatlanganda yetakchi g‘ildirak unga qo‘yilgan 
M
T
 
moment ta’sirida yo‘l qoplamasining yuqori qismini orqaga 
surishga intiladi. Yo‘l tomonidan yetakchi g‘ildirak ta’sir yuzasida 
qarama-qarshi yo‘nalgan 
R
x2
kuch hosil bo‘ladi (24-rasm, 
a
).


31
M
T
P
T
P
K2
P
x
R
x2
R
x
P
x
P
z
P
z
P
u
R
u
R
z
R
z
r
a
b
24-rasm.
Yo‘lning g‘ildirakka ta’sir etuvchi reaksiyalari:
a
– yetakchi g‘ildirak; 
b
– yetaklanuvchi g‘ildirak; M
T
– buruvchi moment; P
T
tortish kuchi
r – g‘ildirak radiusi; Rx, Ry, Rz – yo‘l reaksiyasining urinma, ko‘ndalang va normal tashkil 
etuvchilari; Px, Py, Pz – g‘ildirakka ta’sir etuvchi hamma kuchlarning tashkil etuvchilari
P
k2
– yetakchi g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik kuchi.
Yo‘l tomonidan g‘ildirakka ta’sir etayotgan hamma kuchlarning 
teng ta’sir etuvchisi yo‘l reaksiyasi deyiladi. Uni 3 ta tashkil 
etuvchiga bo‘lish mumkin: 
R
z
– yo‘lga perpendikulyar bo‘lgan 
normal reaksiya; 
R
x
– yo‘lning va g‘ildirakning tekisliklariga ta’sir 
etuvchi urinma reaksiya; 
R
y
– yo‘lning tekisligida yotuvchi va 
g‘ildirakka perpendikulyar bo‘lgan reaksiya. 
R
x
va 
R
y
reaksiyalar 
R
z
ta’sir etgandagina paydo bo‘ladi (24-rasm, 
b
).
Avtomobilga ta’sir etuvchi hamma kuchlarni ikki guruhga bo‘-
lish mumkin: 1) avtomobilni harakatlantiruvchi kuchlar; 2) uning 
harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar. Bunga asosan, g‘ildirashga 
qarshilik kuchining asosiy tashkil etuvchisi 
R
x2
ni shartli ravishda 
tortish kuchi 
P
T
va yetakchi g‘ildirakning g‘ildirashga qarshilik 
kuchi 
P
k2
larning ayirmasi ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin:
R
x2
= P

– P
k2

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin