O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Bo‘ylama va ko‘ndalang kesimdagi qiyalik (nishablik)



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
True

Bo‘ylama va ko‘ndalang kesimdagi qiyalik (nishablik)
Avtomobil yo‘llarining ko‘tarilish va pastki qiyalik qism lari 
ko‘p YTHning sodir bo‘lishi bilan ajralib turadi. Moskva avtomobil 
yo‘llari instituti (texnika universiteti)ning olimlari o‘tkazgan 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tekis joylardagi tik ko‘tarilish va 
nishablikda barcha YTHning 7 %, kesishmalarda – 18 % va ko‘p 
kesishmali joylarda esa 28 % sodir etilar ekan.
Tik ko‘tarilish va nishablikda sodir bo‘ladigan YTHning asosiy 
sabablariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– pastga harakatlanayotgan avtomobillarning yo‘l bo‘lagidan 
tashqariga chiqib ketishi;
– qarama-qarshi yo‘nalishda quvib o‘tishga chiqqan avtomobil 
bilan to‘qnashuv;
– ayrim haydovchilarning uzoq cho‘zilgan nishablikda katta 
tezlikda harakatlanishi;
– tik ko‘tarilishda ba’zi avtomobillarni (ko‘proq yuk avtomo-
billarini) quvib o‘tish jarayonidagi to‘qnashuvlar.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, tik ko‘tarilishga qaraganda 
tik nishablikka tushayotganda 1,5 – 3,0 marta ko‘proq YTH sodir 
etilar ekan va bunday hodisalarning asosiy sababi qilib, tormoz yo‘li 
uzunligining ortib ketishi va 40 % gacha hollarda tormoz tizimining 
ishdan chiqishi ko‘rsatilgan.
Katta nishablik bor joylarda yo‘l rejasida egriliklar bo‘lsa, YTH 
miqdori yanada ortadi (13-jadval).
13-jadval
Bo‘ylama 
nishablik, %
1 mln.avt.km. yo‘lga to‘g‘ri keladigan YTH miqdori
Rejadagi egrilik, 
m
>4000
3000 – 4000 2000 – 3000 1000 – 2000
400 – 1000
0 – 20
20 – 40
40 – 60
60 – 80
0,28
0,20
1,05
1,32
0,42
0,25
1,30
1,55
0,40
0,20
1,50
1,70
0,50
0,70
1,85
2,00
0,73
1,06
1,92
2,33
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida QMQ 2.05.02-95 
bo‘ylama nishablikning qiymatlarini hisobiy tezlikdan kelib chiqqan 
holda chegaralab qo‘ygan:


143
Hisobiy tezlik, 
km/s
150
120
100
8
60
50
40
30
Eng katta bo‘ylama
nishablik, %
30
40
50
60
70
80
90
100
Avtomobil yo‘llari qoplamani saqlash va undagi suvlarning 
to‘planib qolmasligini ta’minlash maqsadida hamda yuqori tezlikni 
ta’minlash maqsadida ko‘ndalang nishablikka (viraj) ega bo‘lishi kerak.
QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, qatnov qismining ko‘ndalang kesim 
yuzasi yo‘lning to‘g‘ri yo‘nalishlarida har doim ikki tomonga nishab 
bilan qabul qilinadi, bunday nishablik I darajali yo‘llarda rejadagi 
egrilik radiusi 3000 
m
dan va qolgan yo‘llarda 2000 
m
dan yuqori 
bo‘lganda ham qo‘llaniladi.
Rejadagi egrilik radiusi kichik bo‘lgan hollarda avtomobillar-
ning katta tezlik bilan xavfsiz harakatlanishini ta’minlash 
maqsadida yo‘l qatnov qismining ko‘ndalang kesim nishabini bir 
tomonga qilib qurish va ko‘ndalang nishablikning qiymatlari QMQ 
2.05.02-95 da to‘liq belgilab berilgan.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin