19
Ko‘pgina mualliflar xavfsizlik oralig‘ining uzunligini mazkur
avtomobilning to‘xtash yo‘liga teng qilib olishni maslahat beradilar.
Ammo real yo‘l sharoitida bu masofa to‘xtash yo‘lining uzunligidan
sezilarli darajada kichik bo‘ladi.
Xavfsizlik oralig‘ining uzunligini aniqlash
usullari dars likning
5-bobida keng yoritiladi.
Avtomobil to‘g‘ri yo‘lda harakatlanayotganida haydovchi
to‘g‘ri chiziqli harakat qilyapman deb hisoblaydi. Ammo
avtomobil harakatlanayotganida unga harakat yo‘nalishini
o‘zgartirishga intiluvchi har xil omillar ta’sir etadi. Bunday
ta’sirlarga g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasining notekis joylariga
urilishi, shamol ta’siri va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin. Bu ta’sirlar natijasida avtomobil tanlangan yo‘nalishdan
og‘a boshlaydi (16-rasm).
V
g
I
II
III
IV
V
D
y
16-rasm. Yo‘lning to‘g‘ri qismidagi avtomobilning dinamik yo‘lagi:
D
y
– gabarit yo‘lak; V
g
– gabarit kenglik.
Ma’lum vaqt davomida avtomobil chetga og‘adi (II holat).
Avtomobilni chetga og‘ganini anglab yetgan haydovchi rulni teskari
tarafga buradi (III va IV holatlar). Avtomobil tanlangan yo‘nalishda
harakatlana boshlaganidan keyin haydovchi yana rulni neytral
(betaraf) holatda ushlab turadi. Bu
jarayon harakatlanishning
boshlanishidan to avtomobil to‘xtagunicha davom etadi. Dinamik
yo‘lakning kengligi avtomobilning gabarit kengligiga, rul
boshqarmasining texnik holatiga, haydovchiga
va avtomobilning
tezligiga bog‘liq bo‘ladi:
D
Y
= 0.054 V + B
G
+ 0,3, m,
bu yerda: V – avtomobilning tezligi; V
G
– avtomobilning gabarit
kengligi.
20
Hozirgacha avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakati ko‘rib
chiqildi. Harakat jarayonida avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgar-
tirib, chapga va o‘ngga burilishi yoki orqaga qaytishi mumkin (egri
chiziqli manyovr). Bunday manyovrlar uchun avtomobilga zarur
bo‘lgan kenglik dinamik yo‘lakchadan ancha farq qiladi.
Avtomobilning eng chekka nuqtalarining yo‘ldagi proyeksiyasi
bilan chegaralangan yo‘lak
–
avtomobilning «dinamik gabarit
yo‘lagi» (DGY) deb ataladi (17-rasm).
DGYning qiymati avtomobilning bazasiga (oldi va orqa
o‘qlar orasidagi masofa), gabarit kengligiga, boshqariluvchi
g‘ildiraklarning
burilish burchagiga, tirkama va yarim tirkama-
larning soniga bog‘liq bo‘ladi.
17-rasm. Dinamik
gabarit yo‘lagining
sxemasi.
Haydovchi chegaralangan oraliqlar orqa li
harakatlanayotganda dinamik gabaritli
uzun
likni, kenglikni va yo‘lakni doimo
yodida tutishi kerak.
Chegaralangan oraliqda harakatlanayot-
gan haydovchi
ogohlantiruvchi ishora bel-
gisini (chiroqni) bergandan so‘ng kamida 5
sekund o‘tgandan keyingina o‘zi egallab tur-
gan harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirishi,
o‘ngga yoki chapga hamda orqaga buril-
ish. Manyovrini boshlashi kerak. Manyovr
vaqti da orqadan,
oldindan va yon tomon-
dan yaqinla shib kelayotgan imtiyozga ega
bo‘lgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: