3.2. Avtomobillarni parkovka qilish va parkovka joyidan chiqish va chegaralangan oraliqlarda boshqarish usullari Haydovchilar uchun bugungi kunda vujudga kelgan eng katta
muammolardan biri – bu avtomobillarning parkovka joyiga kirishi
va chiqishidir (bozorga avtomobilda borgan har bir haydovchi buni
yaxshi biladi).
Shuning uchun haydovchilar qisqa vaqt oralig‘ida ortiqcha
manyovrlarsiz to‘xtash joyiga kirish va chiqish usullarini yaxshi
mashq qilgan bo‘lishlari kerak. 18
–
20-rasmlarda avtomobilni
to‘xtash joyiga kirgazish va ulardan chiqish usullari ko‘rsatilgan.
21
a) b)
18-rasm. To‘xtash joyiga orqa
bilan kirish.
19-rasm. Orqa bilan chiqishning to‘g‘ri (a)
va noto‘g‘ri (b) bajarilish sxemasi.
20-rasm. Yo‘l yoqasidagi to‘xtash
joyiga kirish.
21-rasm. Chap tarafda joylashgan
hovliga kirib orqaga qayrilish.
D ev or 2 D ev or 1 D ev or 2 D ev or 1 22-rasm. Tor joyda orqaga qayrilish sxemasi.
23-rasm. Tor joyda orqaga
qayrilish sxemasi.
Agar yo‘lning qatnov qismining kengligi orqaga qayrilish uchun
yetarli bo‘lmasa, haydovchilarga bu manyovrlarni avtomobilni yo‘l
yoqasidagi biron-bir hovliga orqa bilan kirib amalga oshirish tavsiya
etiladi (21-rasm).
22
Agar yo‘l yoqasidagi yaqin masofada hovlilar yo‘q bo‘lsa, orqaga
qayrilishning sxemasi 22 – 23-rasmlarda ko‘rsatilgan.
Orqaga harakatlanayotganda odamning gavdasi biroz o‘ng
tarafga burilgan, ko‘zlari esa orqa tarafga qaragan bo‘lishi kerak.
Bu paytda, o‘ng qo‘l yon tomonga cho‘zilib, haydovchining yonidagi
o‘rindiqning ustida yotishi kerak.