150
Ishlab chiqarish texnika bo‘limining harakat
xavfsizligi bo‘yicha vazifalari
Ishlab chiqarish texnika bo‘limi ATXning bosh muhandisining
rahbarligi ostida transport vositalarining o‘z
vaqtida texnik
tayyorgarligini ta’minlash yo‘li bilan harakat xavfsizligini
ta’minlashda bevosita ishtirok etadi. Bo‘lim va uning qaramog‘idagi
sex va uchastkalar transport vositalarining
texnik holatiga tegishli
yo‘riqnomalar, buyruqlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida
faoliyat ko‘rsatadi va quyidagi masalalarni yechishlari kerak:
– harakatlanuvchi tarkibga reja bo‘yicha
sifatli texnik xizmat
ko‘rsatish;
–
tekshirish vaqtida aniqlangan yoki haydovchi tomonidan
ko‘rsatilgan texnik nosozliklarni bartaraf etish;
– transport vositalarining harakat xavfsizligiga bevosita ta’sir
qiluvchi mexanizm va qismlarning
texnik holatini diagnostika
qilishni tashkil etish;
– ishga chiqayotgan va ishdan qaytgan transport vositalarining
texnik
holatini nazorat qilish, postlarning ishini tashkil etish va
sifatini yaxshilash;
– yo‘lda buzilib qolgan transport vositalariga texnik yordamni
tashkil etish;
– ATX rahbari tomonidan tasdiqlangan
reja asosida transport
vositalarini ta’mirlashning yangi texnologiyalarini joriy etish;
–
ta’mirlovchilar va haydovchilarning bilim va malakasini
oshirishni tashkil etish;
– kadrlar bo‘limi bilan birgalikda
haydovchilarning amaliyot
o‘tashini tashkil etish va boshqalar.
Tasarruf xizmati bo‘limining harakat xavfsizligi
Dostları ilə paylaş: