O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
True

UO‘K 3541.811.122(075.32)
KBK 39.808ya721
ISBN 978-9943-4465-7-1 
© 
J.R.Qulmuhamedov va boshq., 2012.
© «Niso Poligraf» nashriyoti, 2016, 2017.


3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila 
boshlandi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, xususiy 
mulkchilik va avtomobil sanoatining vujudga kelishi, chet ellar bilan 
teng huquqli iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolarning 
moddiy farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo‘llarida 
va shahar ko‘chalarida harakat miqdorining (yangi tayyorlanayotgan 
haydovchilar hisobiga) ortib borishiga olib kelyapti. Bir paytlar 
respublika bo‘yicha har 1000 nafar aholiga 35 dona yengil avtomobil 
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich yanada ortib 
boryapti. Hozirda Toshkent shahri va viloyatining o‘zida har 1000 
nafar aholiga 100 donadan ko‘p yengil avtomobil to‘g‘ri kelyapti. 
Bu ko‘rsatkichga hozirda foydalanilayotgan yuk avtomobillari va 
avtobuslarning miqdori qo‘shilsa, aholining ma’lum bir qismini va 
ularning yuklarini xususiy tashuvchilar tashiyotganini hisobga olinsa,
sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining 75% haydovchilarning 
aybi bilan sodir etilayotganini e’tiborga olinsa, haydovchilarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash masalasi – eng dolzarb masala ekanini 
ko‘rish mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yuqoridagi masalani hal etishga 
qaratilgan dastlabki qadam bo‘lib, unda avtomobillarni boshqarish 
jihozlaridan foydalanish texnikasi, avtomobillarni har xil yo‘l 
sharoitlarida xavfsiz boshqarish asoslari, yo‘l-transport hodisalari, 
ularning turlari va tahlili, avtotransport korxonalarida harakat 
xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Mualliflar o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda va chop etishga 
tavsiya berishda o‘zlarining tanqidiy mulohazalari va ko‘rsatmalari 
bilan ishtirok etgan t.f.n. dotsent N.F. 
Muxitdinovga, t.f.n., 
dotsent D.M. Darabovga, TAUKHK o‘qituvchilari J. Samiyevga, 
S.O. Mirshaxo‘jayev va D.R. Xamrayevga o‘z minnatdorchiliklarini 
bildiradilar.


4

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin