15
Fiksator tugmasi
11-rasm. Qo‘l tormozini ishga tushirish sxemasi.
Ilashma, tormoz va yonilg‘i tepkilari bilan ishlash
Chap oyoq bilan ilashma, o‘ng oyoq yordamida esa tormoz va
qaz tepkilari ishga tushiriladi (12-rasm).
Ilashma
tepkisi
Tormoz
tepkisi
Gaz
tepkisi
Tormoz
Gaz
12-rasm
.
Ilashma, tormoz va qaz tepkilari bilan ishlash.
Ilashma tepkisidan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda tepki asta-sekin avtomobil orqaga yurishni
boshlash onigacha qaytariladi va ikkinchi bosqichda tepki 2–3
sekund shu holatda ushlab turiladi. Uchinchi bosqichda tepki
butunlay qo‘yib yuboriladi.
Tormoz tepkisini tajribasiz haydovchilar (hatto tajribasi bor)
shiddat va katta kuch bilan bosadilar. Bunday hollarda tormoz
lappaklarining barabanga (do‘mbiraga) qattiq jipslashishi oqibatida
g‘ildiraklar qotib qolishi va har xil salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin (haydovchi va yo‘lovchilar oldiga munkib ketishi, avto mo-
bil yonga sirpanib ketishi, tormoz yo‘lini kattalashishi va hokazo).
Shuning uchun haydovchi iloji boricha osoyishtaligini
yo‘qotmay, tepkini asta bosib, tezlikni kamaytirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: