O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


I. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI KURSINING MAQSADI



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
True

I. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI KURSINING MAQSADI
VA MASALALARI
1.1. Haydovchining yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlashdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jadal qa-
damlar bilan bozor iqtisodiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilik, 
kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi fuqarolar moddiy boyligi-
ningi o‘sishiga va naijada nafaqat shaxsiy yengil avtomobillarning, 
balki shu bilan birga, xususiy yuk avtomobillarini va kichik hajmli 
avtobuslar sonining ortib ketishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi jahonda o‘z avtomobil sanoatiga ega 
bo‘lgan 28 mamlakatdan biriga aylandi.
Ma’lumki, mamlakatni avtomobillashtirish darajasining ortishi
uning iqtisodiy va mudofaa quvvatini mustahkamlash bilan bir 
vaqtda, ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday 
salbiy oqibatlarga avtomobillar sonining ortishi oqibatida avtomobil 
yo‘llarida harakat miqdorinng, transport oqimi zichligining va 
yo‘llarning yuklanganlik daraja 
sining ortishi, yo‘llarda harakat-
lanish uchun haydovchiga qulaylikning yomonlashishi va oxir-
oqibatda yo‘l-transport hodisalari (YTH) miqdorining, ularda halok 
bo‘layotgan va har xil tan jarohatini olayotgan odamlar sonining 
ortishiga, harakat tezligining kamayib ketishiga va boshqa shunga 
o‘xshash ko‘pgina salbiy oqibatlarga (shovqin, havodagi chiqindi 
gazlar konsentratsiyasi) olib keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissi-
yasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har yili 55 
milliondan ortiq YTH sodir etilyapti va ularda 1,4 milliondan ortiq 
odam halok bo‘lyapti, 10 milliondan ortiq odam esa har xil dara-
jada tan jarohatlarini olyapti. Bulardan ko‘rinib turibdiki, avtomo-


5
billashtirish darajasining ortishi harakat xavfsizligi muammosining 
murakkablashishiga, ayniqsa, haydovchilarni tayyorlashga qo‘yilgan 
talablarning yanada yuqori bo‘lishiga olib kelar ekan.
Haydovchining mehnat jarayoni boshqa barcha murakkab 
tizimlarning boshqaruvchisi (operatori)ning ishiga o‘xshaydi. 
Haydovchining ham operator kabi biron-bir operatsiyani bajarishi 
(xatti-harakati), axborotlarni qabul qilishi, uni tushunishi va xatti-
harakatlari natijasini nazorat qilishi bilan bog‘liq. 
Shu bilan birga haydovchining avtomobilni boshqarishdagi 
faoliyati boshqa operatorlardan ba’zi bir belgilari bilan farq 
qiladi. 
Operator kuzatish asboblariga qarab boshqarilayotgan tizimning 
holatini oldindan bashorat qila oladi va uning xatti-harakatlari 
obyektning holatini yoki ko‘rsatkichlarini ma’lum bir darajada 
ushlab turishdan iborat bo‘ladi. 
Haydovchida esa, bunday imkoniyatlar yo‘q. Masalan, avtomobil 
to‘g‘ri chiziqli harakat qilayotganida harakatlanish yo‘lagidan o‘ng 
yoki chap tarafga chiqib ketsa, buni kuzatib borayotgan haydovchi 
rulni burib, avtomobilni avvalgi holatiga qaytaradi, agar xavfsizlik 
oralig‘i kichrayib ketsa, tezlikni kamaytirib, zarur bo‘lgan 
xavfsizlik oralig‘ini ta’minlaydi va hokazo. 
Operator faqat bitta mashina (tizim)ning holatini nazorat qilsa, 
haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashi uchun boshqa harakat 
qatnashchilarining xatti-harakatlarini ham kuzatib borishi zarur 
bo‘ladi. Bunday axborotlarni haydovchi o‘z vaqtida ololmay qolishi 
yoki olingan axborotlar yetarli bo‘lmasligi natijasida u noto‘g‘ri xat-
ti-harakat qilishi, bu esa, o‘z nav batida, yo‘l-transport hodisalariga 
olib kelishi mumkin. 
Haydovchining ishi mashina operatorining ishidan ancha 
murak 
kab. Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan, 
uzluksiz ravishda ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari orqali yo‘l 
sharoiti, boshqa harakat qatnashchilarining xatti-harakatlari, 
yo‘ldagi harakat va qo‘zg‘almas obyektlarning joylashuvi haqida 


6
axborotlarni oladi, ularni ongida tushunib yetadi va avtomo-
bilning harakatini mavjud yo‘l sharoitiga muvofiqlashtirishi uchun 
yechimlar qabul qiladi va boshqarish jihozlariga ta’sir etadi (rul 
chambaragini buradi, uzatmalar pog‘onasini o‘zgartiradi, tormoz 
tepkisini bosadi, burilishdagi ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqadi va 
hokazo) va xatti-harakatlarning samarasini nazorat qilib boradi. 
Agar haydovchiga uzatilayotgan axborotlar yetarli bo‘lmasa, 
ularni o‘z vaqtida qabul qilib, tushunib yetmasa, u avtomobilni 
boshqarish bo‘yicha noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilishi va oxir-oqibat-
da bu xatti-harakatlar yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lishiga 
olib kelishi mumkin (1-rasm).
49 %
2 %
Yo‘q
Noto‘g‘ri
Yo‘q
Noto‘g‘ri
Yo‘q
Noto‘g‘ri
0 %
41 %
0 %
4 %
Yo
‘l-
tr
an
sp
or
t h
od
is
as
in
in
g s
od
ir b
o‘
lis
hi
Yo‘q
Noto‘g‘ri
3 %
1 %
Ha
Axborotning
qabul qilinishi
Ha
Axborotni anglash va
yechim qabul qilish
To‘g‘ri
To‘g‘ri
Xatti-harakatlar
Xavfsiz harakat
Axborot manbayi
(angladimi?)
1-rasm. Haydovchining xatti-harakatlari va ko‘p uchraydigan xatolari.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p yo‘l-transport hodisasiga 
asosan axborotni anglab yetmaslik (49 %) va noto‘g‘ri yechim qabul 
qilish sabab bo‘lar ekan. 
Yo‘l harakati murakkab dinamik jarayon bo‘lib, bu jarayonda 
avtomobil, yo‘l, haydovchi va piyoda ishtirok etadi. Shu bilan birga 


7
yo‘l harakati jarayoni ma’lum bir atrof-muhitda kechadi. Shuning 
uchun yo‘l harakatini «Avtomobil – haydovchi – yo‘l – muhit» tizimi 
deb qarash qabul qilingan. Bu tizimdagi barcha elementlar o‘zaro 
munosabatda bo‘lib, ularning jamlamasi yagona tizim jarayonini 
vujudga keltiradi (2-rasm).
A
Y
H
P
AP
AH
HY
YP
AHYP
Harakat
muhiti
2-rasm. AHYPM tizimining grafik ko‘rinishi.
2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, tizimdagi jarayonlarning optimal 
kechishi (harakat xavfsizligi) birinchi galda, undagi har bir 
elementning ishonchliligiga, ya’ni A, H, P va Y ga, elementlar 
orasidagi bog‘liqlikka (munosiblikka), ya’ni AH, AP, YP, HY, AY 
ga va ulardan ham yuqoriroq bo‘lgan barcha ele ment lar majmua-
sining o‘zaro bog‘lani shidan kelib chiqadigan yangi xususiyatlar 
yagona tizim ning ishonchliligiga bog‘liqdir. 
AHYPM tizimi tahlil qilinar ekan, undagi haydovchi va 
piyoda – biologik, qolgan barcha elementlar esa texnik ele 
ment 
ekanini ko‘rish mumkin. 
Tizimdagi texnik elementlarning ishonchliligini va bosh 
qa 
element larga muvofiqligini ularni loyihalash, ishlab chiqish va foy
-
dalanish orqali ma’lum darajada ta’minlab turish mumkin. Ammo, 
haydovchi biologik element bo‘lgani uchun uning ruhiy fiziologik 
imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, bu imkoniyatlarni zarur bo‘lgan 
darajagacha ko‘tarib bo‘lmaydi. Bu yerda faqat haydovchining mav-
jud imkoniyatlarini ma’lum vaqt davomida saqlab turish masalasini 
yechish mumkin, xolos. Shuning uchun AHYPM tizimining ele-
menti bo‘lgan «haydovchi» tizimning eng nozik va ishonchsiz ele-
menti hisoblanadi. 


8
Bugungi kunda yo‘l-transport hodisalari 70 % haydovchilarning 
aybi bilan sodir etilyapti. 

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin