16
13-rasm. Avtomobilning asosiy boshqaruv a’zolari:
1 – ilashma tepkisini chap
oyoq bilan oxirigacha bosiladi;
2
– chap qo‘l bilan chapga burish
dastakchasi pastga buralib, ishora chirog‘i yoqiladi;
3
– orqani ko‘rish ko‘zgulariga
qarab orqadan
bironta transport vositasi bor-yo‘qligi tekshiriladi. agar yaqinlashib kelayotgan transport vositasi
imtiyozga ega bo‘lsa, u o‘tkazib yuboriladi;
4
– o‘ng qo‘l bilan uzatmalar qutisining birinchi
pog‘onasi ulanadi;
5
– qo‘l tormozi bo‘shatiladi;
6
– qaz tepkisi o‘ng
oyoq bilan asta bosilib,
dvigatelning aylanish tezligi qulay holatga keltirib boriladi;
7
– ilashma tepkisini avval aytib
o‘tilgan qoida asosida qo‘yib yuboriladi;
8
– o‘t oldirish qulfi.
avtomobil harakatlanayotganda uzatmalar qutisini birinchi
pog‘onadan boshqa yuqori pog‘onalarga o‘tkazish
bosqichlari
14-rasmda aks ettirilgan.
Avtomobilni to‘xtatish
Avtomobilni to‘xtatishni uch turga ajratish mumkin:
– oldindan belgilangan joyda to‘xtatish;
20 km/s
40 km/s
60 km/s
90 km/s
gaz
gaz
gaz
gaz
I uzatma (0–20 km/s)
II
uzatma
(20–40 km/s)
III uzatma
(40–60 km/s)
IV uzatma
(60–80 km/s)
V uzatma
(90 km/s
va undan
yuqori)
14-rasm. Uzatmalar qutisini yuqori pog‘onalarga o‘tkazish bosqichlari.
17
– kutilmagan vaziyatlarda to‘xtatish (svetoforning sariq yoki
qizil chirog‘i yonib qolganida, imtiyozi
bor transport vositalarini
o‘tkazib yuborish uchun va hokazo);
– yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.
Tajribali haydovchilar ikkinchi turdagi vaziyatlarni oldindan
ko‘ra oladilar. Shuning uchun bunday haydovchilar uchun
avtomobilni to‘xtatish ikki turga bo‘linadi, deb hisoblash mumkin.
Avtomobilni to‘xtatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Boshqa haydovchilarni ogohlantirish maqsadida burilishning
ishora chiroqlari yoqiladi.
2. Orqani ko‘rish ko‘zgulariga qarab, orqadan kelayotgan
transport vositalariga xalaqit bermasligi baholanadi.
3. Yonilg‘i tepkisi oxirigacha qo‘yib yuboriladi.
4. Tormoz tepkisi to avtomobil to‘xtagunga
qadar bir tekis
bosiladi.
5. Uzatmalar qutisining dastagi betaraf holatga qo‘yiladi.
6. Qo‘l tormozi ishga tushiriladi.
7. Avtomobil to‘liq to‘xtaganidan so‘ng ilashmaning tepkisi
qo‘yib yuboriladi.
Avtomobil to‘xtab turish uchun qo‘yilganida, bulardan tashqa-
ri oynalar ko‘tariladi, eshiklar va yukxona qulflanadi. Agar
avtomobilda olib qochib ketishga qarshi qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa,
ular ishga tushirib qo‘yiladi.
Shuni ham eslatib o‘tish joizki, avtomobil shoshilinch ravishda
to‘xtatilganida tormozlashda yuqorida sanab o‘tilgan
tartib saqlan-
maydi. Haydovchi, eng avval, g‘ildiraklarning qotib (bloki rovka)
qolmasligiga ahamiyat berishi kerak.