61
molarini hal etishga tayyor bo‘lishi, variantlarni eshitishi va o‘z
xulqini o‘zgartirishidan oldin, u tibbiy - ijtimoiy xodim uning
his-tuyg‘usini, talablarini va xavotirlarini
eshita olganligi va
tushuna olganligini his etishi kerak.
Bemorning oilaviy muammolari va ruhiy zo‘riqishlari ularning
xavotirli holatiga asos bo‘lishi va bemorning salomatligi masalalari
bo‘yicha qaror qilish qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bemorga bunday hissiyotlarni aniqlash,
tushuntirish va ularga
qarshilik ko‘rsatishda yordam berish bilan tibbiy - ijtimoiy xodim
unga eng to‘g‘ri qaror qabul qilishida ko‘maklashadi.
Tibbiy - ijtimoiy xodim bemor hissiyotini aks ettirishga ha-
rakat qilishi lozim. Bemorning his-tuyg‘ularini aniqlab olgandan
so‘ng tibbiy - ijtimoiy xodim so‘rovni boshlashi va olingan
ma’lumotlarga
asoslanib, ma’lum harakatlarni amalga oshirishi
mumkin. Bu andoza har bir odamning
xususiyatlariga mos-
lashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: