O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
YAXSHI MULOQOT TAVSIFI 
 
Muloqot ikki tomonlama jarayondir. Axborotni qabul 
qiluvchining yoki auditoriyaning qanday qabul qilishi axborot 
jo‘natuvchi shaxsga bog‘liq. Muloqot jarayonining ta’sirchan-
ligini sezilarli ravishda oshiruvchi 4 tarkibiy element mavjud: 
• axborot; 
auditoriya
• kanal; 
• axborot jo‘natuvchi. 
Muloqot samarali bo‘lishi uchun bu tarkibiy elementlarga 
quyidagi talablar qo‘yiladi: 
Axborot
 
– aholiga biror mavzu bo‘yicha berilayotgan 
yangilik, ma’lumotdir. Axborot ravshan, qisqa va aniq bo‘lishi, 
auditoriya ehtiyojlariga va vaziyatga mos kelishi, o‘rinli bo‘lishi, 
auditoriyani harakatga undashi va unga ta’sir eta olishi kerak. 
Jo‘natuvchi – 
tibbiy-ijtimoiy, yoki tibbiy xodim bo‘lishi 
mumkin. Jo‘natuvchi predmetni yaxshi bilishi, unga qiziqishi 
hamda auditoriyani bilishi va u bilan aloqa o‘rnatishi, auditoriya 
darajasida gapirishi va mos keluvchi kanalni tanlashi kerak. 


64 
Kanal
 
– axborotni uzatish yo‘li. Kanal mos keluvchi
tushunarli, qo‘llansa bo‘ladigan va jalb qiladigan bo‘lishi kerak. 
Ma’lumot og‘zaki, taqdimot ko‘rinishida, kinoroliklar va boshqa 
yo‘llar orqali uzatilishi mumkin. 
Auditoriya
 
– Tibbiy-ijtimoiy xodim auditoriyasi odatda ijti-
moiy himoyaga muhtoj aholi va ularning yaqinlaridir. Audi-
toriya axborotni anglashi va qabul qilishni xohlashi, tinglashga 
sababi bo‘lishi, diqqat bilan tinglashi kerak. Axborot samarali 
bo‘lishi uchun qayta bog‘lanishni ta’minlanishi kerak. 
Yaxshi muloqot tavsifi: faol tinglash, mas’uliyatni o‘z 
zimmasiga olish, atrofdagilarni hurmat qilish, har bir odam 
ulushini baholash, 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin