O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Tegish, silab - siypalash bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Tegish, silab - siypalash bilan bog‘liq muammolar
.
Silab - 
siypalash – bola hayotidagi muloqotning eng sodda ko‘rinishi 
bo‘lib, insonning butun umri davomida noverbal muloqotning 
ajralmas qismi sifatida ahamiyat kasb etadi. Teginish, silab-
siypalash bir vaqtning o‘zida kishilarda ham ijobiy, ham salbiy 
hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin. Bu insonning axloqiy qadriyat-
larga, yoshiga va yetuklik darajasiga bog‘liqdir.
Xorijiy ilmiy asarlarda silab-siypalash o‘tkir va surunkali 
og‘riqlarni yengillashtiruvchi, tug‘ruq vaqtini qisqartiruvchi, 
asoratlarni kamaytiruvchi ta’sirga egaligi qayd etilgan. Shu bilan 
birga silab - siypalash insonning shaxsiy kengligini buzish kabi 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Harakatlanish bilan bog‘liq muammolar
.
Insonning harakat-
lanish faoliyati buzilsa, noverbal muloqot qilish imkoniyati 
yo‘qoladi. Yuz mushaklarining falaji ikki barobar noverbal mu-
loqotni qiyinlashtiradi. Bemor bilan noverbal muloqotga ki-
rishish qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. 
 


66 
SAMARALI MULOQOTNING QOIDALARI 
 
Tibbiy-ijtimoiy xodim samarali muloqot o‘rnatish uchun 
quyidagi qoidalarga rioya qilishi tavsiya etiladi: 
1. Muloqotgacha bemor haqida kerakli ma’lumotlarni to‘p-
lang
. Kerakli ma’lumotlarni ishochli manbalardan qanchalik 
ko‘p to‘plasangiz ortiqcha savollar bilan bemorni kamroq 
bezovta qilasiz. 
2. 
Muloqot uchun qulay sharoit yarating.
Iloji bo‘lsa alohida 
xona, juda bo‘lmaganda tinch joy tanlang. Xonaning yorug‘-
ligiga e’tibor bering. Judayam yorug‘ yoki qorong‘iroq joy sizni 
va bemoringizni tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Bemor bilan sizning o‘rtangizda stol, qovushtirilgan qo‘l kabi 
ramziy to‘siqlar bo‘lmasligiga harakat qiling. Ortiqcha odam-
larning suhbatingizga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymang. Bemor 
suhbatga tayyor bo‘lmasa yoki xohlamasa, muloqotni boshqa 
kunga qoldiring. Agar bemorni og‘riq bezovta qilsa, shifokor 
tayinlagan og‘riq qoldiruvchi dori moddasini bering. Shoshil-
mang, yaxshi natija berishi uchun suhbat 1 soatgacha cho‘zilishi 
mumkin. Agar vaqtingiz kam bo‘lsa, muloqotni bir necha 
qismlarga bo‘lib o‘tkazing. Sababini bemorga tushuntiring. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin